Hatto pensionerlar ham yosh bo‘lolmaydi

© Sputnik / Yevgeniy YepanchinsevMujchina demonstriruyet pensionnoe udostoverenie
Mujchina demonstriruyet pensionnoe udostoverenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston pensionerlarini qanday o‘zgarishlar kutmoqda? Davlat pensiyani qanday shakllantiradi va pensiya to‘lovi uchun mablag‘lar qayerdan olinadi? Bugungi kunda chet davlatlarda mehnat qilayotgan migrantlar qancha miqdorda pensiyaga umid qilishlari mumkin? Ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan bu kabi savollarga mazkur maqoladan javob topish mumkin

Pensiya – bu nafaqat keksarganda olinadigan va keksalikdek unchalar yoqimli bo‘lmagan davrning moddiy ta’minotigina emas, balki insonning o‘zining davlatga, jamiyatga kerakliligini, begona emasligini, ortiqcha bo‘lib qolmaganini his etib yashashini ta’minlovchi ma’naviy vosita.

O‘zbekiston pensiya yoshini oshirmoqchi

Shu bilan birga butun dunyo bo‘ylab, odamlarning o‘rtacha yoshi oshib bormoqda. Bu esa bir vaqtda  har qanday davlatning pensiya tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Statistik tashkilotlar O‘zbekistonda ham aholining o‘rtacha yoshi ancha o‘sganini bayon qilmoqda. Ha, tibiyotning rivojlanishi, og‘ir jismoniy mehnatning texnika zimmasiga yuklatilishi, insoniyat asrlar davomida yig‘ilib qolgan salbiy odatlaridan sekin-asta voz kechib borayotgani insonlar umrining uzayishiga olib kelmoqda. Bu, albatta quvonchli hol. Bir vaqtning o‘zida ushbu holat jamiyat hayotida, davlat siyosatida ayrim tub o‘zgarishlarni ham talab etadi.

O‘zbekiston 2020-yilga kelib sobiq SSSR davridan buyon jiddiy o‘zgartirilmagan pensiya tizimini to‘liq isloh etishni rejalashtirgan. Bunda qator jiddiy o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan. Xususan, pensiya yoshini oshirish, minimal ish staji davrini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish (10 yil etib belgilash) va, hatto, ishlamaydigan ayol uchun turmush o‘rtog‘i tomonidan (ixtiyoriy) to‘lov badali kiritilib borilishi evaziga ishlamaydigan uy bekalarini ham kelajakda pensiya bilan ta’minlash shular jumlasidan.

Albatta, pensiya tizimida ushbu islohotlarni amalga kiritilishiga hali vaqt bor. Pensiya yoshi oshirilishi masalasi aksariyat fuqarolar tomonidan salbiy baholanayotgan bo‘lsa-da, islohotlarning ijobiy tomoni ham bisyor. "Misol uchun fuqaro pensiya badalini qanchalik ko‘p to‘lasa, kelajakda pensiyasining miqdori ham shuncha ortadi. Ya’ni ishlaydigan odam - ertangi kunda "pensiya" so‘zidan hayiqmasa ham bo‘ladi". Qolaversa, o‘rtacha yoshning oshishi natijasida jamiyatda ulkan pensionerlar armiyasining yuzaga kelishi ham davlat iqtisodini izdan chiqarishi mumkin.

O‘zbekiston pensionerlarini qanday o‘zgarishlar kutmoqda? Davlat pensiyani qanday shakllantiradi va pensiya to‘lovi uchun mablag‘lar qayerdan olinadi? Bugungi kunda chet davlatlarda mehnat qilayotgan migrantlar qancha miqdorda pensiyaga umid qilishlari mumkin? Ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan bu kabi savollarga mazkur maqoladan javob topish mumkin.

Pensiya yoshi oshirilishi sabablari

Butun dunyoda fuqarolarning pensiyaga chiqishi o‘rtacha 62 yoshni tashkil etadi, faqat O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 57,5 ga teng. Hatto Markaziy Osiyo davlatlarida, misol uchun, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda pensiyaga chiqish erkaklar uchun 63 yosh, ayollar uchun 58 yosh etib belgilangan. Turkmanistonda bu ko‘rsatkich erkaklar uchun 62, ayollar uchun 57 yoshni tashkil etadi. Ko‘rib turganingizdek, MDH davlatlari doirasida ham, Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha ham pensiyaga chiqish yoshi faqat O‘zbekistonda eng past hisoblanadi - erkaklar uchun 60, ayollar uchun 55 yosh.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pozdravlyayet grajdan s Dnem Konstitutsii - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev islohotlar, sudyalar va pensiya haqida nimalarni aytdi

Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda pensiya yoshidagi shaxslarning aholi umumiy soniga nisbati yildan yilga oshib bormoqda. 2025-yilga borib u 11 foizga yetadi (2011 yilda 6,2 foizni tashkil qilgan). Shu munosabat bilan pensiya tayinlash borasida murojaatlar soni ham har yili o‘rtacha 16 ming fuqaroga oshib bormoqda. 2025-yilga kelib ko‘rsatkich 300 mingdan oshadi. 2018-2025 yillarda O‘zbekistonda pensiya yoshidagi aholi soni 1,2 millionga ko‘payadi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda nafaqa oluvchilar soni 3 mln. 445 ming nafarni tashkil etadi. Shulardan 3 mln. 100 mingi yoshga doir pensiya oluvchilar va qolgan qismi ijtimoiy nafaqa oluvchilardir.

2018 yil dekabr oyida O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan pensiyaga oid farmon tufayli nafaqaga chiqayotgan shaxslarga ko‘proq pensiya olish imkonini yaratildi. Farmonga ko‘ra 2019-yil 1-yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi.

Shuningdek, yangi tartibga muvofiq endilikda, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan o‘n barobarigacha (hozirda 2 mln 27 ming 300 so‘mga) oshirildi. Bu esa o‘z o‘zidan pensiyaga chiqayotgan shaxslarga yanada ko‘proq pensiya tayinlash imkonini beradi.

Pensiya yoshi va mehnat staji bosqichma-bosqich oshirilishi

O‘zbekistonda pensiyaga chiqish yoshi, aytilganidek, erkaklar uchun - 60, ayollar uchun 55 yosh. Albatta, pensiya yoshini birdaniga oshirish-oshirmaslik hali chuqur o‘ylab ko‘riladigan masala.

"Biz bu masalani o‘rganamiz, pensiya yoshini birdaniga yoki bosqichma-bosqich oshiramizmi, bu yakuniy konsepsiya loyihasida aks ettiriladi", - deya tushuntiradi "Sputnik" muxbiri bilan suhbatda Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati bo‘lim boshlig‘i Shuxrat O‘taganov.

Otkritie dachnogo sezona v Novgorodskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2018-yil 1-iyuldan boshlab tomorqachilarga pensiya beriladi

Pensiya tizimini isloh qilishga qaratilgan konsepsiyadagi dolzarb masalalardan yana biri bu – talab etilgan staj miqdorini oshirishdir. Hozirda O‘zbekiston qonunchiligida pensiya tayinlash uchun kishi kamida 7-yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

"O‘zbekiston a’zolikka qabul qilingan Xalqaro mehnat tashkiloti esa pensiya tayinlash uchun 10-yildan 15-yilgacha minimal ish staji bo‘lishini talab etadi. Aksariyat rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 15-yildan ham ortiq. Faqat O‘zbekistonda bu minimal talab sobiq ittifoq davlatlari orasida eng kam, ya’ni 7-yilni tashkil etadi", - dedi Pensiya jamg‘armasi vakili.

Hozirda bu talabni oshirish masalasi o‘rganilmoqda. Pensiya jamg‘armasi bu ishni ham bosqichma-bosqich, ya’ni har yili bir yildan oshirib yoki 2023-yildan 10-yil qilib belgilash masalasini muhokama qilmoqda.

Pensiya to‘lash uchun mablag‘lar qayerdan olinadi?

Ilgari barcha to‘lovlar pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilgan. Endilikda yoshga doir pensiya ta’minoti budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, ijtimoiy nafaqalarning barchasi (suyunchi puli, dafn puli va hokazolar) budjet hisobidan qoplanadi.

Pensiya jamg‘armasining bevosita va asosiy daromadi manbai - davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar, budjet tashkilotlari (ular 25 foizlik stavkada yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashadi) hamda tadbirkorlik subyektlaridir (12 foiz miqdoridagi yagona ijtimoiy to‘lov to‘laydilar). Shuningdek, yagona soliq to‘lovi ham bor, buning ham ma’lum bir qismi pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

Vstrecha zamestitelya ministra finansov Respubliki Uzbekistan Dilshoda Sattarova s predsedatelem sotsialnoy zashiti Tursii g-n Jevdat Jeylanom - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya O‘zbekistonga pensiya tizimini isloh qilishga yordam beradi

Jamg‘armaning qolgan daromad manbai - ixtiyoriy sug‘urta badallaridir. (2019 yildan boshlab majburiy sug‘urta badali, ixtiyoriy sug‘urta badali va iqtisodiy sug‘urta badali singari atamalar bekor qilingan. Uning o‘rniga yagona ijtimoiy to‘lov atamasi kiritilgan).

Pensiya jamg‘armasining eng katta zaxiralaridan biri - O‘zbekistonning 14,5 million iqtisodiy faol aholisidir. Shulardan 5 millionga yaqini rasmiy ishda ishlaydi va ijtimoiy pensiya tizimi bilan qamrab olingan. To‘qqiz yarim milliondan ortiq kishilar - ya’ni norasmiy sektorda band fuqarolar: migrantlar, norasmiy ishlayotganlar, xalq tilida aytganda "mehnat daftarchasisiz" faoliyat yuritayotganlar bu badalni to‘lamayapti.

Ishchilar, hamjihat bo‘ling! Yoki butun dunyo preletarlari birlashingiz!

Xullas, hammayam pensiya olgisi keladi va oladi ham. Ammo pensiya jamg‘armasiga to‘lovni amalga oshiradiganlar kam.

Mehnatga layoqatli 60 foiz aholi ijtimoiy sug‘urta tizimi bilan qamrab olinmagan. Shuningdek, oylik to‘lov badallari va pensiya miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik ham bir muncha susaygan va to‘liqsiz stajga ega pensionerlar soni o‘sishda davom etmoqda. Shu bois, pensiya jamg‘armasi rasmiylari yangi ishlab chiqilayotgan konsepsiya doirasida ayrim takliflar borasida bosh qotirmoqda. Kelajakda daromad manbaini, ya’ni pensiya jamg‘armasini moliyaviy holati barqarorligini ta’minlash choralari ustida ishlashmoqda.

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga doir yangi qaror qabul qilindi

Bugungi kunda ishlayotgan va jamg‘arma hisobiga pul tushirayotgan kishilar mablag‘lari hisobidan pensionerlarga to‘lov amalga oshirilmoqda. Kelajakdagi pensionerlar uchun kelajak avlod to‘lovni amalga oshiradi.

Jamg‘arma moliyaviy holati barqaror bo‘lishi uchun esa barcha toifadagi shaxslar (rasmiy va norasmiy sektor vakillari) pensiya jamg‘armasiga o‘z ulushini qo‘shishlari kerak.

Pensiya jamg‘armasi rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda aksariyat fuqarolardan "mening stajim yo‘q, men nima qilishim kerak? Davlat nega menga pensiya bermaydi?", degan savollar kelib tushmoqda. Jamg‘armaning ham bundaylarga javobi bor: Davlatga umuman ishlamagan, jamg‘armaga ulush qo‘shmagan bo‘lsangiz nega davlat sizga pensiya to‘lashi kerak? Pensiya bu ijtimoiy nafaqa emas. Pensiya - bu jamg‘armaga qo‘shgan ulushi orqali o‘zining haqqini to‘lab borish degani. Ya’ni har bir inson keksalikda pensiya olishi uchun yoshlikdan ulush kiritib borishi kerak.

Davlat, albatta, ishlamagan, staji yo‘qlarni ham ko‘chaga tashlab qo‘ymaydi, nafaqa beradi. Lekin bu nafaqa miqdori bugungi kunda 243 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Badallar, badallar....

2019 yilda Soliq konsepsiyasi qabul qilinishi munosabati bilan, fuqarolar 1-yanvardan boshlab pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badalini to‘lamaydigan bo‘ldi. Sug‘urta badalining bekor bo‘lishi pensiya hisob-kitob mexanizida ham o‘zgarishlarni sodir etdi. Qonunchilikka o‘zgartirish kiritildi. Lekin 2019-yil 1-yanvarigacha bo‘lgan fuqarolarning ish staji agar sug‘urta badali to‘langan bo‘lsa, albatta inobatga olinadi. Va o‘rtacha ish haqi ham sug‘urta badali miqdoriga qarab aniqlanadi. 2019-yil 1-yanvardan keyingi staji fuqarolarning ish haqisi hisoblangan bo‘lsa, (ish haqi tarkibiga har qanday (masalan, (qo‘shimcha ustamalar yoki yillik qanaqadir mukofot pullari) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad kiritilgan bo‘lsa, o‘sha stajga ham o‘tadi, va o‘rtacha ish haqi ham oylik ish haqidan hisoblanadi.  

Ishlayotgan nafaqaxo‘rlarga pensiya to‘lash tartibi o‘zgardi

Pensiya jamg‘armasi fuqarolardan pensiya tizimiga ixtiyoriy ravishda kelib tushadigan to‘lov badallari miqdorini oshirishga erishmoqchi. Buning uchun bir qancha chora-tadbirlar rejalashtirilgan. Misol uchun, agar kishiga pensiyaga chiqishi uchun atigi 3-yil ish staji yetmay qolsa, u har bir yetmayotgan yil uchun eng kam ish haqi miqdorida to‘lovni amalga oshirib, ega bo‘lishi mumkin.

O‘z-o‘zini band qilgan (norasmiy sektor kishilari) yiliga eng kam ish haqining bir barobari miqdorida to‘lovni amalga oshirsalar, yillik stajga ega bo‘ladilar. Faqat xorijda ishlayotgan, chet elga rasmiy yoki norasmiy ketgan fuqarolar yillik staj uchun yiliga 4,5 minimal ish haqini to‘laydilar.

Shuningdek, ishlayotgan fuqarolar oilaning ishlamayotgan a’zolari uchun ixtiyoriy tarzda badal to‘lovini amalga oshirishlari mumkin.

Pensiya miqdori fuqaroning to‘layotgan badali miqdoriga bog‘liq, deydi Pensiya jamg‘armasi rasmiylari. Yuqorida badallarning minimum miqdori keltirib o‘tildi. Agar fuqaro qancha ko‘proq badal to‘laydigan bo‘lsa, demak kelgusida o‘ziga yuqori pensiyani kafolatlaydi, deya ishontirishmoqda ular.

Pensiya tizimi qaysi davlatdan "ko‘chiriladi"

Pensiya jamg‘armasi rasmiylari so‘zlariga ko‘ra, yangi pensiya tizimini joriy qilishda Jahon banki bilan ishlar olib borilmoqda. Ya’ni O‘zbekiston tomon o‘zidagi barcha ma’lumotlarni Jahon bankiga taqdim etgan, Jahon banki esa o‘z navbatida boshqa davlatlarni tajribasini o‘rgangan holda o‘z tavsiyalarini tayyorlab bergan. 

"Aniq bir davlatni pensiya tizimini O‘zbekistonda joriy qilamiz deb aytishimiz mumkin. Misol uchun, mana Daniyaniki zo‘r deymiz yoki bo‘lmasa Polsha tizimi yaxshi ekan, deymiz. Borib o‘rganib kelib, o‘zimizda joriy qilishimiz ham mumkin. Lekin bitta narsani aytish kerak-ki, birorta davlatning pensiya tizimi bir-birini 100 foiz takrorlamaydi. Chunki har bir davlatning o‘ziga xos xususiyatlari bor", - deydi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori Yorqin Tursunov.

Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev pensiyaga doir yangi farmonni imzoladi

Pensiya tizimini yangilash maqsadida O‘zbekiston vakillari Polshaga borib kelgan, Chexiyaga safar rejalashtirilgan, Janubiy Koreya va Rossiya Federatsiyasi bilan ishlarni olib bormoqda. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ilg‘or tajribalarni o‘rgangan holda o‘z pensiya tizimini yaratishni rejalashtirmoqda.

Ha aytgancha, Pensiya jamg‘armasi mutasaddilarining so‘zlariga ko‘ra, fond ayni vaqtda Polshaning "Aseka" kompaniyasidan respublika miqesidagi barcha arxivlarni elektronlashtirish bo‘yicha yordam so‘ragan. Arxiv bilan elektron baza yaratilsa, pensiya tayinlashda odamlarni ovora qilish masalasi ham kelajakda o‘z-o‘zidan yo‘qolishi mumkin va fond ham shu bilan o‘zining eng og‘riqlik nuqtasidan qutuladi. Demak, pensionerlar uchun "yugur-yugur"larsiz kelajak ta’minlanadi.

Yangiliklar lentasi
0