TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yilning 1-yanvaridan ayrim toifadagi ishlayotgan pensionarlar uchun nafaqa to‘lashning yangi tartibi joriy etiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Bundan buyon, “Xalq…”, “Xizmat ko‘rsatgan…” unvonlariga sazovor bo‘lgan pensionerlar, ularning ishlash ishlamasligidan qat’iy nazar – to‘liq miqdorda nafaqa oladilar.
Undan tashqari, fan, adabiyot va san’at sohasida yaratgan ixtirolari uchun gonorar va mualliflik huquqi to‘lovlari olayotgan pensionerlar ham nafaqalarini to‘liq miqdorda olishlari mumkin. Faqat buning uchun ular hech qayerda mehnat shartnomasi asosida ishlamasliklari kerak.
To‘lanayotgan qo‘shimcha nafaqa miqdori Davlat budjeti hisobidan hamda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Nafaqa fondi hisobidan amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda ishlayotgan pensionerlar, ayrim imtiyozli toifalardan tashqari, belgilangan nafaqa miqdoridan 50 %ini olishadi.
Eslatib o‘tamiz, imtiyozli toifadagi nafaqaxo‘rlarga I va II guruh nogironlari, Chernobil nogironlari, mahalla fuqarolari yig‘inlari raislari, diniy ta’lim sohasida ishlayotgan ayollar hamda Ikkinchi jahon urushi ish ishtirokchilari va mehnat veteranlari kiradi. Yangi qarorga asosan ushbu imtiyozga ega bo‘lgan fuqarolar soni yangi toifalar evaziga kengaytirildi.