Turkiya O‘zbekistonga pensiya tizimini isloh qilishga yordam beradi

© Ministerstvo finansov Respubliki UzbekistanVstrecha zamestitelya ministra finansov Respubliki Uzbekistan Dilshoda Sattarova s predsedatelem sotsialnoy zashiti Tursii g-n Jevdat Jeylanom
Vstrecha zamestitelya ministra finansov Respubliki Uzbekistan Dilshoda Sattarova s predsedatelem sotsialnoy zashiti Tursii g-n Jevdat Jeylanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yil davomida Moliya vazirligining 600ga yaqin vakillari ana shunday malaka oshirish va tajriba almashish kurslarida ishtirok etishlarini rejalashtirgan.

TOShKENT, 25-may – Sputnik. Turkiya O‘zbekistonga pensiya tizimini isloh qilishga yordam beradi. O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sattorovning Turkiya ijtimoiy himoya raisi Jevdat Jeylan bilan uchrashuvida bu borada kelishuvga erishildi.

"O‘zaro hamkorlik va pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha maxsus ishchi guruhini shakllantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, - deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

O‘zbekistonlik mutaxassislar, shuningdek, Anqaradagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o‘quv markazida (OECD) “yashirin” iqtisodiyotning davlat budjeti daromad qismiga ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha maxsus kursda ham qatnashishdi.

2018 yil davomida Moliya vazirligining 600ga yaqin vakillari ana shunday malaka oshirish va tajriba almashish kurslarida ishtirok etishlarini rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0