Mirziyoyev Andijonda O‘zbekiston-Hindiston biznes-forumini o‘tkazishni taklif qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v mejdunarodnom investitsionnom sammite “Dinamichniy Gujdarat”
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v mejdunarodnom investitsionnom sammite “Dinamichniy Gujdarat” - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Gujaratning ulkan iqtisodiy salohiyati va Andijon viloyati bilan sheriklik aloqalaridan kelib chiqib, shoh Bobur tug‘ilgan va ulug‘ Akbarshoh ajdodlarining vatani bo‘lmish Andijonda O‘zbekiston-Hindiston mintaqalari biznes-forumini shu yili o‘tkazishni taklif qilamiz,” - dedi Shavkat Mirziyoyev.

TOShKENT, 18 yanv – Sputnik. Gujarat shtatining Gandinagar shahri “Mahatma Mandir” ko‘rgazmalar majmuasida “Jo‘shqin  Gujarat – 2019” IX xalqaro investitsiya sammiti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s premyer-ministrom Indii - Sputnik O‘zbekiston
Hindistonga uran yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolandi

Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Avstraliya, Kanada, Fransiya, Yaponiya, Norvegiya, Niderlandiya, Polsha, Koreya Respublikasi, Daniya, Chexiya, Malta, Tailand, BAA kabi mamlakatlardan davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va  transmilliy korporatsiyalar boshliqlari, ekspertlar ishtirok etdi.

Yirik iqtisodiy anjumanda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v mejdunarodnom investitsionnom sammite “Dinamichniy Gujdarat”
Mirziyoyev Andijonda O‘zbekiston-Hindiston biznes-forumini o‘tkazishni taklif qildi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v mejdunarodnom investitsionnom sammite “Dinamichniy Gujdarat”

Gujarat shtati qadimdan savdo va tadbirkorlikda yetakchi hudud bo‘lib kelgani, mazkur sammit ana shu an’analarni davom ettirib, zamonaviy Hindistonning biznes ruhini namoyon qilayotganini ta’kidladi.

Davlat rahbari Hindiston bilan uzoq muddatli strategik sheriklikni mustahkamlash - O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida qayd etib, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

“Eramizdan avvalgi III – II asrlarda hind zaminini Markaziy Osiyo bilan Buyuk Hindiston yo‘li bog‘lagani yaxshi ma’lum. Bugun ham Markaziy va Janubiy Osiyo bozorlari o‘rtasidagi ishonchli savdo va transport kommunikatsiyalarini yaratish har qachongidan dolzarbdir.

Ministr inostrannix del RF S.Lavrov provel rad vstrech v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Ulkan yordam: Hindiston Afg‘onistonga 3 milliard dollarlik yordam beradi

Biz Transafg‘on temir yo‘li loyihasini muhokama qilyapmiz. Istiqbolda bu yo‘l Janubiy Osiyoga, jumladan, Choxbahor porti orqali Hindistonga chiqish imkonini beradi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

O‘zbekiston rahbari informatsion texnologiyalar, dasturiy ta’minot,  qishloq xo‘jaligi, qayta tiklanadigan energiya hamda ushbu sohalar mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni taklif etdi. Bu bo‘yicha dastlabki harakatlar boshlangan, Toshkent shahrida qo‘shma texnopark tashkil etiladi. 

Sarmoyadorlarni O‘zbekistonga jalb qilish uchun eng qulay sharoitlar yaratilishini alohida qayd etdi. 

O‘zbekiston, avvalo, kimyo sanoati va energetika, farmatsevtika, tekstil, charm-poyabzal, kimyo sanoati, turizm sohalaridagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor. 

“Gujaratning ulkan iqtisodiy salohiyati va Andijon viloyati bilan sheriklik aloqalaridan kelib chiqib, shoh Bobur tug‘ilgan va ulug‘ Akbarshoh ajdodlarining vatani bo‘lmish Andijonda O‘zbekiston-Hindiston mintaqalari biznes-forumini shu yili o‘tkazishni taklif qilamiz,” - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

V Samarkande sostoyalas pervaya ministerskaya vstrecha dialoga Indiya – Sentralnaya Aziya s uchastiyem Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston Markaziy Osiyoga yaqinlashmoqda: bu geosiyosiy ambitsiyami yoki do‘stlik qo‘li?

Davlat rahbari 2020-yilda Hindistonda “O‘zbekiston madaniyati yili”ni hamda O‘zbekistonda “Hindiston madaniyati yili”ni o‘tkazish, joriy yilda O‘zbekistonda o‘zbek-hind Yoshlar festivalini tashkil qilishni taklif etdi. 

Prezident so‘zining yakunida O‘zbekistonning sanoat, investitsion va sayyohlik salohiyati, boy tarixi va madaniyati haqida tanishish imkonini beruvchi sammit doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston ko‘rgazmasiga barchani taklif qildi. 

“Jo‘shqin Gujarat” sammitida so‘zga chiqqanlar hamkor mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro tajriba, texnologiya almashish, yangi hamkorlar va investitsiyalarni jalb etish yo‘llarini topish bo‘yicha o‘z nuqtayi nazarlarini bayon etdi. 

Yangiliklar lentasi
0