Hindiston Markaziy Osiyoga yaqinlashmoqda: bu geosiyosiy ambitsiyami yoki do‘stlik qo‘li?

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Samarkande sostoyalas pervaya ministerskaya vstrecha dialoga Indiya – Sentralnaya Aziya s uchastiyem Afganistana
V Samarkande sostoyalas pervaya ministerskaya vstrecha dialoga Indiya – Sentralnaya Aziya s uchastiyem Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Hindiston-Markaziy Osiyo" taraqqiyot guruhi Markaziy Osiyo mintaqasida tashkil etilgan eng so‘nggi yangi muloqot formatidir. Shu bois, ushbu format tashkil topishidan maqsad, uning istiqbollari, qolaversa, MO mintaqasida o‘z manfaatlariga ega bo‘lgan boshqa qudratli davlatlar bunga qanday qaraydi degan masalalar ko‘pchilikni qiziqtirmoqda, albatta. Xullas, savollar ko‘p. Ularning ayrimlariga Samarqandda o‘tkazilgan uchrashuv yakunida javob berildi

TOShKENT, 14 yanv - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. 2019-yilning 12-13-yanvar kunlari Samarqand shahrida Afg‘oniston ishtirokidagi "Hindiston – Markaziy Osiyo" muloqoti tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvni yoritish uchun xorijiy OAV vakillari ham taklif etildi.

Ilxom Ne’matov - perviy zamestitel ministra inostrannix del - Sputnik O‘zbekiston
Ne’matov: Hindiston salohiyati afg‘on inqirozi yechimida yordam berishi kerak

Forumlar saroyida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Hindiston Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj raislik qildilar. 

Yalpi sessiyada Markaziy osiyo mintaqasi davlatlari tashqi ishlar vazirlari: Chingiz Aydarbekov(Qirg‘iziston), Beybut Atamqulov (Qozog‘iston), Sirodjiddin Muhriddin (Tojikiston), Rashid Meredov (Turkmaniston) ikki va ko‘p tomonlama shakllarda Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilishdi.

Tadbirda o‘zaro savdo o‘sishiga ko‘maklashish choralari, mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga sarmoya, innovatsiya, texnologiyalarni jalb qilish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari, Markaziy Osiyo davlatlarining tranzit va transport-kommunikatsiya salohiyatini rivojlantirish, turistik safarlarni oshirish, shuningdek, ilm-fan, tibbiyot, ta’lim va sport sohalarida muayan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqotning alohida yalpi sessiyasida Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Salahiddin Rabboniy boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Nimaga kelishildi?

"Hindiston – Markaziy Osiyo" muloqotining tashqi ishlar vazirlari Afg‘onistonning nufuzli delegatsiyasi ishtirokini ma’qulladilar hamda mamlakatni mintaqa va jahon iqtisodiy aloqalari tizimiga jalb etishga xizmat qiladigan qo‘shma infratuzilma, tranzit-transport, energetika va boshqa loyihalarni amalga oshirish orqali Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga yordam berishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDialog "Sentralnaya Aziya-Indiya" posvashennaya sotrudnichestvu s Afganistanom proxodit v Samarkande
Hindiston Markaziy Osiyoga yaqinlashmoqda: bu geosiyosiy ambitsiyami yoki do‘stlik qo‘li? - Sputnik O‘zbekiston
Dialog "Sentralnaya Aziya-Indiya" posvashennaya sotrudnichestvu s Afganistanom proxodit v Samarkande

2019-yilning ikkinchi yarmida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Afg‘oniston bo‘yicha sakkizinchi mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik doirasida hamkorlik qilishga tomonlar hozir ekanliklari tasdiqlandi.

Delegatsiyalar rahbarlari Muloqot ishtirokchi davlatlari ishbilarmon doiralari o‘rtasida bevosita aloqalarni faollashtirish, madaniy tadbirlar, Afg‘oniston bilan ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga ulkan salohiyat mavjudligida e’tibor qaratdilar, xalqaro yoshlar forumlari, festivallar, tanlovlar, ilmiy anjumanlar, ko‘rgazmalar va boshqa qo‘shma tadbirlarda Afg‘oniston tomonining ishtirok etishiga ko‘maklashish istagini izhor etdilar.

Shuningdek, ishtirokchilar BMT tomonidan qabul qilingan "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" rezolyutsiyasini inobatga olgan holda madaniyat, ilm-fan, ta’lim va sport sohasida hamkorlikda yoshlarga oid loyihalarni amalga oshirishga e’tibor qaratdilar.

Hindiston TIV rahbari: MO mamlakatlari bilan munosabatlarimizda yangi davr boshlandi 

Tadbir yakunida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Hindiston Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari qarshisida so‘zga chiqdilar. Hindiston Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bu formatdagi muloqotni o‘tkazgani uchun O‘zbekiston hukumatiga hamda ishtiroki uchun barcha hamkasblariga alohida minnatdorlik bildirdi.

Ministr inostrannix del RF S.Lavrov provel rad vstrech v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Ulkan yordam: Hindiston Afg‘onistonga 3 milliard dollarlik yordam beradi

"Bugun Hindiston va Markaziy Osiyo munosabatlarida yangi davr boshlanishi uchun tamal toshi qo‘yildi. Bizning muloqotimiz Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Afg‘oniston o‘rtasida asrlar davomida shakllangan madaniy aloqalar va an’analar mavjudligini yana bir bor tasdiqladi. Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi 2015-yilda Markaziy Osiyoning barcha davlatlariga rasmiy tashrif uyushtirgan va u bunday tashrifni amalga oshirgan birinchi Hindiston rahbari bo‘lgan edi. Bu tashrif Hindiston uchun Markaziy Osiyo qanday ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatgandi. 2015-yilgi tashrif davomida Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan ikkiyoqlama asosda muhim aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, iqtisodiy aloqalarimizni kuchaytirish uchun nimalarga e’tibor qaratmog‘imiz lozimligini tushungan edik. Endi mana shu fundament asosida zamon talablariga mos keladigan kompleks sheriklik munosabatlarini quramiz", - dedi o‘z chiqishida siyosatchi. 

Svaraj xonim qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish va bilim-ko‘nikmalarni o‘zaro almashish orqali yanada yaqinroq munosabatlar o‘rnatish mumkinligi qo‘shimcha qilib, shu munosabat bilan "Hindiston+Markaziy Osiyo" taraqqiyot guruhini tashkil qilishni taklif etdi.

Hindiston tomoni Markaziy Osiyo va Hindiston biznesini birlashtirish uchun "Hindiston-Markaziy Osiyo" mamlakatlar savdo palatalari vakillaridan iborat bo‘ladigan biznes-kengashini tashkil etish taklifini, shuningdek, madaniy hamkorlikni kuchaytiruvchi bir nechta takliflarni ilgari surmoqda va Markaziy Osiyodagi kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida ta’lim dasturlarini taklif etmoqda.

Svaraj xonim o‘z nutqi davomida Hindiston Eron va Afg‘oniston bilan birgalikda Chabaxar portini ochganini, endilikda mana shu port Afg‘onistonni Markaziy Osiyo bilan birlashtiruvchi muhim marshrut bo‘lishini ta’kidladi.

Peregovori v shirokom krugu Uzbekistan - Indiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston innovatsiyalar sohasida Hindiston tajribasini o‘rganadi

"Hindiston mana shu muloqot orqali Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlik o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatlashini bildiradi. Barchaga ma’lumki, terrorizm balosidan aziyat chekayotgan hech bir mamlakatda biznes ham, hech qanday investitsiyalar ham taraqqiy etmaydi. Mintaqada biznes rivojini ilgari surish uchun biz birgalikda terrorizm balosiga qarshi kurashamiz", - dedi o‘z nutqi yakunida Hindiston Tashqi ishlar vaziri. 

O‘zbekiston TIV rahbari: barchamiz yakdilligimizni tasdiqladik

Vazir Kamilov ushbu uchrashuv juda muvaffaqiyatli kechganini, ta’sis Sammiti yakunlariga ko‘ra Qo‘shma bayonot qabul qilinib, unda tashqi ishlar vazirlari darajasida "Hindiston – Markaziy Osiyo" muloqoti joriy etilganligi to‘g‘risida ma’lum qildi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Samarkande sostoyalas pervaya ministerskaya vstrecha dialoga Indiya – Sentralnaya Aziya s uchastiyem Afganistana
Hindiston Markaziy Osiyoga yaqinlashmoqda: bu geosiyosiy ambitsiyami yoki do‘stlik qo‘li? - Sputnik O‘zbekiston
V Samarkande sostoyalas pervaya ministerskaya vstrecha dialoga Indiya – Sentralnaya Aziya s uchastiyem Afganistana

Kamilov o‘z nutqi davomida ushbu yangi format ishga tushirilgani bilan barchani tabrikladi va haqiqatda Samarqandda tarixiy kun bo‘lgani, tarixda birinchi bor bunday formatda uchrashuv o‘tkazilgani va birinchi bor barcha ishtirokchilar tarixiy integrallashgan mintaqaning bir qismi ekanligini tasdiqlashganini ma’lum qildi. 

"Bizning tariximiz bir, kelajagimiz ham bir va biz umumiy taraqqiyotimizga xizmat qiladigan yagona qadriyatlarga egamiz. Albatta, Afg‘onistonning bu formatga qo‘shilishi ulkan ahamiyatga ega, biz yana bir bor Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashga doir qat’iyligimizni, tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlashimizni, Afg‘onistonning iqtisodiy qayta rivoj topishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligimizni tasdiqladik", - dedi Kamilov.

O‘zbekiston TIV rahbari "Hindiston singari qudratli mamlakat iqtisodiy va siyosiy jihatdan ulkan salohiyatga ega ekanini va ushbu jarayonda hal qiluvchi muhim rol o‘ynay olishi"ni e’tirof etdi.

Tadbir yakunida tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan Hindiston TIV rahbari Sushma Svarajning navbatdagi vazirlar uchrashuvini 2020-yili Hindistonda o‘tkazish taklifi ma’qullandi.

Yangiliklar lentasi
0