Gulnora Karimovaning sobiq eri uning millionlariga daʼvo qilmoqda

© Sputnik / Valeriy Levitin / Gulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Gulnora Karimovaning mablagʻlari hozirda Shveytsariya Bosh prokuraturasi tomonidan hibsga olingan

TOSHKENT, 18 yanv - Sputnik. Gulnora Karimovaning sobiq turmush oʻrtogʻi amerikalik biznesmen Mansur Maqsudiy Shveytsariya banklarida muzlatib qoʻyilgan 800 million frankdan 100 millioniga egalik qilmoqchi.

Zamestitel Genprokurora RUz Erkin Yuldashev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Erkin Yoʻldoshev Gulnora Karimova ishi, prokuror nazorati va tizimdagi oʻzgarishlar haqida

U bu haqda shveytsariyaning Tages-Anzeiger nashriga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

Maqsudiy ilgari bu masalada jurnalistlar bilan gaplashmagan.

Mansur Maqsudiy va Gulnora Karimovaning nikohi 1991 yildan 2001 yilga qadar davom etgan. Ajrimdan soʻng Maqsudiydan va uning akasidan barcha mol-mulk olib qoʻyilgan, shu jumladan, Coca-Cola Bottlers Uzbekistan qoʻshma korxonasidagi ulushi vositachi firma orqali shveytsariyaning Zeromax kompaniyasiga oʻtkazilgan.

Maqsudiyning soʻzlariga koʻra, Zeromax rahbarligi Gulnora Karimova tomonidan bajarilgan, shveytsariya banklari esa pulning noqonuniy aylanishiga doir faktlarni yashirishgan.

Karimovaning sobiq turmush oʻrtogʻi yoʻqotilgan aktivlar haqida bir necha yil oʻtgach aytib berganini, Oʻzbekistonda qolgan farzandlari uchun xavotir olib  shunday qilganini taʼkidlagan.

Gulnora Karimovaning chet eldagi hashamatli koʻchmas mulklari roʻyxati >>>

Gulnora Karimovaga Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243-moddalari bilan ayblov eʼlon qilingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Den rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH Gulnora Karimovaga nisbatan sanktsiyalarni uzaytirdi

Karimovaga ayblov ish boʻyicha toʻplangan dalillar, shu jumladan, uyushgan jinoiy guruh aʼzolari, guvohlar, jabrlanuvchilarning koʻrsatuvlari, uyushgan guruh nazoratidagi 14 ta firma va 16 ta offshor kompaniyalar faoliyatini tekshirish materiallari, olingan yozma va ashyoviy dalillar, ekspertiza xulosalari asosida eʼlon qilingan.

Qayd etilgan 2 ta jinoyat ishi boʻyicha davlat va fuqarolar manfaatlariga yetkazilgan zararning umumiy summasi 1 trln. 270 mlrd. 200 mln. soʻm, 1 mlrd. 651,8 mln. AQSH doll., 26,1 mln. yevro (milliy valyutada jami 3 trln. 746,8 mln. soʻm)ni tashkil etadi.

Tergov materiallari boʻyicha hozirda 12 ta xorijiy mamlakatlar hududida uyushgan jinoiy guruhning 1 mlrd. 394,1 mln. AQSH doll., 63,5 mln. yevro, 27,1 mln. funt va 18,5 mln. frank miqdordagi legallashtirilgan mablagʻlari aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0