AQSh Gulnora Karimovaga nisbatan sanksiyalarni uzaytirdi

© Sputnik / Valeriy Levitin / Mediabankka o‘tishDen rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono
Den rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi - Gulnora Karimovaga nisbatan sanksiyalarni uzaytirdi

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. AQSh Magnitskiy qonuni asosida O‘zbekistonning sobiq rahbari Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga nisbatan sanksiyalarni uzaytirdi. Bu haqda AQSh kongressi a’zolariga prezident Donald Trampdan yo‘llangan maktubda aytilgan, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Kompleks Zarkaynar  - Sputnik O‘zbekiston
Bir paytlari Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan hashamatli majmua sotuvga qo‘yildi

"Men federal reyestrga chop etish uchun ilovada ko‘rsatilgan bildirish qog‘ozini yo‘lladim, hujjat 2017-yil 20-dekabrdagi №13818 hukumat farmoyishida tilga olingan mamlakatdagi alohida choralar 2018-yil 20-dekabrdan uzoqroq muddatga uzaytirilishi kerakligini e’lon qiladi", - deyiladi Oq uy matbuot-xizmati tomonidan tarqatilgan maktub matnida.

Gap AQSh prezidentining bir yil oldingi farmoni haqida bormoqda. Unga ko‘ra, AQSh Magnitskiy akti doirasida qator shaxslar, xususan, RF bosh prokurori Yuriy Chayka va Gulnora Karimovaga nisbatan sanksiyalar kiritgan.

2017 yilning dekabrida ushbu ro‘yxatga butun dunyodan 13 kishi, shuningdek, 39 nafar jismoniy shaxslar va ular bilan bog‘liq kompaniyalar kirgan. Ular orasida Gambiyaning sobiq prezidenti Yayya Djamme, xitoylik davlat xavfsizligi amaldori Gao Yan, "Berkut"ning sobiq komandiri Sergey Kisuklar bor.

AQSh 2012-yilning dekabr oyida amerika hukumatiga ko‘ra, inson huquqlari buzilishiga aloqador bo‘lgan rossiyaliklarga nisbatan sanksiya kiritadigan Magnitskiy aktini qabul qilgan. Rossiya hukumati o‘z navbatida Magnitskiy ishining siyosiy tus olishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risida bir necha bor qayd etgan. Keyinchalik bu aktga global qonun tusi berilgan, unga ko‘ra, sanksiyalar RF fuqarolari bilan chegaralanib qolmasligi, balki AQSh versiyasiga ko‘ra, fuqarolari inson huquqlarini poymol etadigan har bir davlatga nisbatan qo‘llanilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0