Erkin Yo‘ldoshev Gulnora Karimova ishi, prokuror nazorati va tizimdagi o‘zgarishlar haqida

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamestitel Genprokurora RUz Erkin Yuldashev
Zamestitel Genprokurora RUz Erkin Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura rasmiy vakili Xalqaro Press-klubning ilk bor yo‘lga qo‘yilgan yangi formatdagi loyihasida tizimdagi o‘zgarishlar, Gulnora Karimovaning hozirda qayerdaligi va oylik maoshini olomayotgan ishchilar borasida berilgan savollarga javob qaytardi

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. Xalqaro Press Klubda ilk marotaba O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari bir vaqtda, bitta safda qo‘shma matbuot-anjumanida ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Xususan, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy vakili Xalqaro Press-klubning ilk bor yo‘lga qo‘yilgan yangi formatdagi loyihasida tizimdagi o‘zgarishlar, Gulnora Karimovaning hozirda qayerdaligi va oylik maoshini olomayotgan ishchilar borasida berilgan savollarga javob qaytardi.

Norma ijodkorligi - prokurorlar faoliyatining bosh bo‘g‘ini

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshevga ko‘ra, Bosh prokuratura yil davomida O‘zbekiston Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda bevosita qatnashib keladi. 

Den rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Gulnora Karimovaga nisbatan sanksiyalarni uzaytirdi

"Norma ijodkorligi prokurorlar faoliyatining juda ham muhim bo‘g‘inlaridan biriga aylandi va bu ish juda katta safarbarlikni talab etdi. Davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarda aniqlangan, aholi farovonligining real o‘sishiga va joylarda ish holatini tubdan yaxshilanishiga to‘sqinlik qilayotgan mavjud muammolar chuqur tahlil qilinib, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bir xulosalarga kelindi", - dedi Yo‘ldoshev. 

Bosh prokuratura tomonidan 2018-yil davomida 100ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilgan. Shulardan oltmish oltitasi bugungi kunda qabul qilingan va amaliyotgan joriy etilmoqda, dedi Bosh prokuror o‘rinbosari.

Gulnora Karimova va Rashid Qodirovlar ishi ne kechdi?

Yo‘ldoshev jurnalistlarga Gulnora Karimova, Rashid Qodirov va Abdusalom Yo‘ldoshevlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar taqdiri ne kechayotgani xususida ham so‘zlab berdi.

Huquq posbonining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Rashid Qodirov ishi bo‘yicha tergov jarayoni yakunlanish arafasida.

Kompleks Zarkaynar  - Sputnik O‘zbekiston
Bir paytlari Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan hashamatli majmua sotuvga qo‘yildi

Ushbu jinoyat ishi haqida aholi batafsil xabardor qilinadi, deya va’da berdi u.

Davlat soliq qo‘mitasi sobiq raisining birinchi o‘rinbosari Abdusalom Yo‘ldoshevga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha esa tergov jarayoni davom etmoqda. O‘zbekiston Birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova O‘zbekistonda jazoni o‘tamoqda.

Prokuror nazorati amalga oshirilyaptimi?

Sputnik muxbiri tomonidan Andijon va Toshkent viloyati "O‘zpaxtasanoat" korxonasi ishchilari oylik ish haqlarini ololmayotganlari borasida berilgan savolga javoban Yo‘ldoshev prokuratura organlarining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha faoliyati juda kengligini ta’kidlab o‘tdi.

Otabek Muradov(sleva) - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuror lavozimiga prezident maslahatchisi tayinlandi

"Prokuror nazorati hujjatlarini qo‘llash orqali 78 918 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi. Siz aytayotgan masalada qancha odam o‘zlarining ish haqlarini ololmaganliklarini bilmayman, lekin bir odamning bo‘lsa ham "ish haqimni olmadim", "meni ta’tilga chiqishdan huquqlarim buzildi" yoki bo‘lmasam, "rahbarim tomonidan menga nisbatan noqonuniy harakatlar sodir etilayapti" degan mazmundagi har bitta arizasi qonunda belgilangan muddatlarda aniq mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqiladi va prokuratura organlari tomonidan tegishli choralar ko‘riladi", - deb ta’kidladi Bosh prokuror o‘rinbosari.

Oylik ish haqlarini vaqtida bermaganlik uchun ko‘rilgan zararlar undirilishi haqida to‘xtalar ekan, "prokurorlarning qo‘llagan ta’sir choralari natijasida tekshirishlar va jinoyat ishlarining tergovi jarayonida 1 trillion 800 milliard so‘m ko‘rilgan zararlar undirib berilgani"ni ma’lum qildi va bularning ichida fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash jarayonlari ham borligini qayd etdi. 

"Siz keltirgan murojaatga keladigan bo‘lsak, bunday murojaatlarning barchasi alohida tekshiruv, alohida o‘rganishni talab etadi. Agar kerakli ma’lumotlar bizga berilsa, biz tegishli tekshiruvlarni o‘tkazamiz va natijasi haqida sizga batafsil xabardor qilamiz", - dedi Yo‘ldoshev Sputnik muxbiriga.

Yangiliklar lentasi
0