Dilshod Kenjayev O‘zbekiston maktablarida 2019-yilda ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqida

© Mejdunarodniy Press KlubDilshod Kenjayev, zamestitel ministra narodnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan
Dilshod Kenjayev, zamestitel ministra narodnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vazirligi maktab darsliklarini zamon talabiga mos yangilash, xususiy maktablar sonini keskin oshirish va maktablarni o‘z fanidan "no‘noq" bo‘lgan o‘qituvchilardan "tozalash" singari masalalar ustida ish olib bormoqda

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Xalq ta’limi vaziri almashgan vaqtdan boshlab, vazirlik ta’lim tizimini yaxshilash va modernizatsiya qilish ustida ish olib bormoqda. Ishlar darsliklarni yangilash, ta’lim strukturasini va ta’lim maskanlarini takomillashtirish, o‘quv jarayonini o‘zgartirish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasi ustidan nazorat o‘rnatish yo‘nalishlarida olib borilmoqda.

Vazirlik bugungi kunda ta’lim tizimida ko‘zga yaqqol tashlanib turgan kamchiliklarni yashirmaydi, ularni tan olgan holda, barcha harakatlar faqat va faqat pirovard natija – ta’lim sifatini yaxshilash va o‘quvchilarda ilm-fanga bo‘lgan intilishlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilganini aytadi.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev Xalqaro Press Klubning "Ijtimoiy rivojlanish: islohotlar bosqichida muhim vazifalar va muammolar tahlili" mavzusidagi sessiyasidan so‘ng Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida 2019-yilda O‘zbekiston maktablarida ro‘y beradigan asosiy o‘zgarishlar xususida so‘zladi.

O‘zbekiston yangi darsliklarga o‘tadi

Dilshod Kenjayevning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yilda xalq ta’limi vazirligi tomonidan bir qator ishlar rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan biri bugungi kunda respublikada ta’lim-tarbiya berilayotgan fanlar va o‘quv dasturlarini hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirishdan iborat. 2019-yil yangi o‘quv yili - sentabrdan boshlab, 39 million dona darsliklar chop etilib, maktablarga yetkaziladi.

V Karakalpakstane otkrili noviy detskiy sad - Sputnik O‘zbekiston
Bog‘chaga bormaydigan bolalarga majburiy boshlang‘ich ta’lim beriladi

"Darslikni chop etish - uzoq jarayon hisoblanadi. Bunda birinchi navbatda, darslikni yozadigan muallif, va albatta, maktab tizimini biladigan metodist talab etiladi. Hozir yaratilayotgan zamonaviy darsliklarning shu jihatlariga alohida e’tibor berilmoqda. Shuningdek bugungi zamon talablaridan kelib chiqqan holda, bugun o‘quvchi nima qilayapti, u mana shu darslikda yozilgan bilimdan ertangi hayotida foydalana oladimi?" degan masalalarga ham alohida e’tibor berilmoqda", - deydi vazir o‘rinbosari va darsliklarni chop etish uchun chet eldan mutaxassislarni taklif etish rejalashtirilganini qo‘shimcha qildi.

Kenjayevning aytishicha, chet ellik ekspertlar informatika va chet tili darsliklarini tayyorlash uchun jalb etiladi, ona tili (o‘zbek tili) va adabiyot darsliklari esa O‘zbekiston mentalitet va o‘zbekona tafakkurdan kelib chiqqan holda o‘zbek olimlari, ya’ni mahalliy mutaxassislar tomonidan yaratiladi.

Yaxshi o‘qituvchi va yomon o‘qituvchi masalasi

Kunchiqar mamlakat Yaponiyada bo‘lg‘usi pedagogdan o‘z fanining mukammal bilimdoni bo‘lishdan tashqari, falsafa, pedagogiga nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha bilimlarga, mustahkam hayotiy pozitsiya va qadriyatlarga ega bo‘lishi talab etiladi. O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligining ham yangi yildagi vazifasi yangi takomillashtirilgan dastur va yangi darslik asosida sifatli ta’lim bera oladigan yaxshi o‘qituvchilar sonini ko‘paytirish. Shu maqsadda o‘qituvchilar malaka oshirish tizimi tubdan takomillashtirilishi, isloh etilishi kutilmoqda.

Ucheniki i uchitel na uroke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘qituvchilarning mavqeyi oshiriladi

2018 yilda hududiy malaka oshirish institutlari xalq ta’limi tasarrufiga o‘tkazildi. Endilikda ularda o‘qituvchilarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va chekka-chekka hududlarda yetishmayotgan o‘qituvchilarni yetkazib berish ishlari amalga oshiriladi.

Kenjayev O‘zbekiston maktablarida o‘z sohasini bilmaydigan o‘qituvchilar borligini inkor etmaydi va bunday pedagoglar o‘zlari maktabni tashlab ketishga majbur bo‘lishlarini qo‘shimcha qiladi.

"...sekin-astalik bilan ulardan xalos bo‘lamiz, yoki o‘qituvchilar bilim-saviyasidagi kamchiliklarni ularni qayta tayyorlash jarayonida aniqlaymiz. Ikki yil bo‘ldi Vazirlar mahkamasi huzurida ta’lim inspeksiyasi tashkil etildi. Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiya mana shu ta’lim inspeksiyasiga o‘tkazilgan. Hech qaysi vazirlikka bo‘ysunmaydigan ushbu tashkilot endilikda attestatsiyadan va akkreditatsiyadan o‘tkazadi. Mana shu jarayonda "no‘noq" o‘qituvchilardan qutulish imkoni bo‘ladi. Bugungi kunda o‘qituvchilar oyligi qariyb 50%ga oshdi. Bu o‘z-o‘zidan maktabni tashlab ketgan tajribali o‘qituvchilar qaytishiga olib keldi va endilikda pedagoglar o‘rtasida raqobat vujudga kela boshladi. Biz nazarda tutayotgan bilimi past o‘qituvchilarning o‘zlari sekin-astalik bilan maktabdan chiqib ketishga majbur bo‘ladi", - deya tushuntiradi suhbatdosh.

Kenjayev O‘zbekiston ta’lim sifatini yaxshilashga ketadigan vaqt haqida to‘xtalar ekan, ta’lim sifatini yaxshilash bu bir kun yoki bir oyda amalga oshircha bo‘ladigan ish emasligini ta’kidlaydi. "Bu yillar davomida ta’sir etadigan jarayon... Bunda birinchi navbatda mehnat huquqini, bolalarning bilim olishga bo‘lgan huquqini poymol etmagan holda, ushbu jarayonni bir yil yoki bir yarim yil ichida izga tushirishni rejalashtirganmiz", - deydi u.

Xususiy maktablardan foyda ne?

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, ayni vaqtda xususiy maktablar sonini ko‘paytirishga qaratilgan dasturni amalga oshirish bo‘yicha ishlar bajarilmoqda. "Ta’lim sifatini oshirish uchun albatta raqobatni keltirib chiqarish kerak bo‘ladi. Buning uchun davlat maktablari bilan birgalikda xususiy sektorga murojaat qilgan holda, xususiy maktablar yoki davlat-xususiy sherikchilik hamkorligidagi maktablarni ochish kerak bo‘ladi. Va 2019-yilda xalq ta’limi vazirligi o‘z oldiga xususiy maktablarni sonini 2 baravarga oshirish vazifasini qo‘ygan", - deydi Kenjayev.

2018 yil oxiriga kelib O‘zbekistonda 84 ta xususiy maktablar qayd etilgan bo‘lsa, 2019-yilda ular sonini 150taga yetkazish ustida ishlar olib borilmoqda. "Bu sohaga investorlarni jalb etishni rejalashtirganmiz, xususiy maktablar ko‘paygani sari, ularning narxi ham tushadi, ikkinchi tomondan davlat maktablaridagi ta’lim sifati oshishiga ham xizmat qiladi. Ya’ni o‘zaro sog‘lom raqobat paydo bo‘ladi" - deydi u.

Erkak rahbarlar maktablarga qachon qaytadi?

Ta’lim sohasida ayollar soni ko‘pligi - allaqachon an’anaga aylanib ulgurgan. Bog‘chadan tortib, birinchi muallimgacha bo‘lgan davrlarda ayol murabbiy qo‘lida tarbiya topganmiz. Ta’lim chindan ham faqatgina "ayollarga xosmi?" Bu yerda erkaklar roli qanday, degan savol oz bo‘lsa-da, kishini o‘yga toldiradi. 

Pustie parti v odnom iz klassov - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi – vazirlik tekshiruvi

O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi vakili Dilshod Kenjayev tarbiya yoki chuqur bilim berish jinsga bog‘liq emasligi, balki pedagog kadrlarning salohiyatiga bog‘liq ekaniga urg‘u berib o‘tdi va erkak pedagoglar yana maktablarga qayta boshlaganliklarini ma’lum qildi.

"Oxirgi 6 oyda maktab tizimida bo‘lib o‘tgan islohotlar natijasida bugun O‘zbekiston maktablariga qariyb 13 ming nafar erkak o‘qituvchilar qaytib kelgan. Statistikaga murojaat qiladigan bo‘lsak, Toshkent shahrida maktab direktorlarining 93%ini aynan ayollar, qolgan 7%ini esa erkaklar tashkil etadi. Respublika miqyosida ayol maktab direktorlari ko‘rsatkichi 70%ni tashkil qiladi", - deydi vazir o‘rinbosari.

Rus tili o‘qituvchilari Moskvada malaka oshiradi

Dilshod Kenjayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi Rossiya ta’lim vazirligi, umuman rossiyalik olimlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Yaqindagi vazirlik Rossiyaning "Roszarubejsentr" va Rossiya gumanitar hamkorligi tashkilotlari bilan hamkorlikda respublikada rus tili o‘qituvchilari orasida tanlov e’lon qildi.

Obuchenie migrantov russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikda rus tili o‘qituvchilarini tayyorlaydi

Tanlov 1-yanvardan boshlab to martgacha davom etadi.

"Tanlov shartiga ko‘ra, o‘qituvchilarimiz o‘zlarining rus tili darslarini videoga olib, tanlovga yuborishlari kerak bo‘ladi. Tanlov qatnashchilari orasida 30 nafar o‘qituvchi tanlab olinadi va ularga bahorda (o‘quvchilar ta’tili vaqtida) Toshkent shahrida rossiyalik mutaxassilar tomonidan trening o‘tkaziladi. Mana shu 30 nafar o‘qituvchidan 10 nafari esa keyingi yozgi ta’tilida Moskva shahriga borib, u yerda o‘z malakalarini oshirib qaytadilar", - dedi Kenjayev.

Yangiliklar lentasi
0