Bog‘chaga bormaydigan bolalarga majburiy boshlang‘ich ta’lim beriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Karakalpakstane otkrili noviy detskiy sad
V Karakalpakstane otkrili noviy detskiy sad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga tegishli davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.

TOShKENT, 11 dek – Sputnik.  Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev posetil detskiy sad №74 v maxalle Bogishamol Yunusabadskogo rayona g. Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar berdi

Qarorga muvofiq, 2018–2019 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahrida bolalarni majburiy ta’limga bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasi amalga oshiriladi.

Mazkur tajriba loyihasini amalga oshirishda Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari belgilab berildi.

Shuningdek, qaror bilan bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik bepul tayyorlash tajriba guruhlarini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, tajriba guruhlari maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydigan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya olishda yordam berish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.

Tajriba guruhlarida ta’lim-tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun alohida xonalar ajratiladi va ulardan faqat maqsadli foydalaniladi, zarur bo‘lsa ularga alohida eshikdan kirish tashkil etiladi.

Tajriba guruhlarida 1-sentabr kunida 5 yoshu 6 oylik bo‘lgan, maktabgacha ta’lim muassasasiga bormayotgan bolalar qabul qilinadi.

V stolovoy detskogo sada - Sputnik O‘zbekiston
Bog‘chalardagi oshxona ishchilarining maoshi ko‘tarilishi mumkin: hukumat qarori tayyorlandi

Shuningdek, nizomga ko‘ra ta’lim-tarbiya jarayoni bolalarning ovqatlanishini tashkil etish shartisiz bir haftada kamida 15 soat (bir kunda 3-4 soat) o‘qitishni nazarda tutuvchi maktabgacha ta’lim muassasalari uchun davlat o‘quv dasturi asosida tashkil etiladi.

Bitta guruhda bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak.

Majburiy tayyorlov guruhlari uchun 2018–2019 o‘quv yili 2018-yil 10-dekabrdan boshlanadi va 2019-yil 10-avgustda tamomlanadi.

Boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga tegishli davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.

Yangiliklar lentasi
0