Sport

Turkmaniston-Oʻzbekiston: oʻziga xos "nokdaun"

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaIgroki sbornoy Uzbekistana v matche s Turkmenistanom
Igroki sbornoy Uzbekistana v matche s Turkmenistanom - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Birinchi tur oʻyinlaridagi tanqid ikkinchi tur oʻyini birinchi boʻlimidayoq oʻz natijasini berdi

TOSHKENT, 13 yanv - Sputnik. Bugun Osiyo kubogi guruh bosqichi ikkinchi tur oʻyinlari doirasida Turkmaniston-Oʻzbekiston uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.

Kuper i Axmedov na press-konferentsii - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Biz Osiyo Kubogiga tayyormiz – Ektor Kuper

Birinchi tur natijalariga koʻra, koʻpchilik ekspertlar Turkmanlarning Yaponiyaga jiddiy qarshilik koʻrsatganini taʼkidlab, Oʻzbekiston bilan oʻyin ham xuddi shu tarzda boʻlishini taxmin qilishgandi. Oʻz oʻrnida, Oʻzbekiston termasining birinchi turdagi oʻyini koʻplab oʻzbek futboli ishqibozlari tomonidan tanqidga uchragan edi.

Ammo bugun boʻlib oʻtayotgan uchrashuv Ektor Kuperning oʻyinga jiddiy tayyorlanganini koʻrsatmoqda. Birinchi raund yakuni holatida hisob 0:4, Oʻzbekiston oldinda.

Birinchi golni Javohir Sidiqov chap oyogʻi bilan Turkmaniston darvozasiga 17 daqiqada yoʻnaltirdi. Biroz oʻtib, 24 daqiqada Eldor Shomurodov ikkinchi golning muallifi boʻldi.

Stadion Shardja gotov k zavtrashnemu matchu Uzbekistan – Oman v ramkax Kubka Azii - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019 turniridagi ilk oʻyinini oʻtkazadi

Uchinchi gol esa Jaloliddin Masharipov ijrosida 40 daqiqada amalga oshirildi. Jarima maydonchasi markazidan tepilgan toʻp raqib darvozasining chap tomonining pastki qismiga borib tushdi.

Toʻrtinchi toʻpning muallifi esa yana yana bir bor Eldor Shomurodov boʻldi. 42 daqiqada Eldor Jaloliddin uzatgan toʻpni ustalik bilan raqib darvozasi markaziga yoʻlladi.

Shu bilan 2 taymda va qoʻshib berilgan 4 daqiqada ham hisob oʻzgarmadi. Turkmaniston jamoasi oʻziga xos "nokdaun"ga holatiga tushdi, desak xato boʻlmaydi.

Hozirda oʻyinning ikkinchi taymi davom etmoqda. Oʻyin 90 daqiqa davom etadi, demak oʻyinchilarning oʻz tayyorgarligini koʻrsatishi uchun yetarlicha vaqt bor. Natija bundan ham yaxshi boʻlishi mumkin.

© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana / Bolelщiki sbornoy Uzbekistana na tribunax pered matchem Kubka Azii
Turkmaniston-Oʻzbekiston: oʻziga xos nokdaun - Sputnik Oʻzbekiston
Bolelщiki sbornoy Uzbekistana na tribunax pered matchem Kubka Azii
Yangiliklar lentasi
0