Biz Osiyo Kubogiga tayyormiz – Ektor Kuper

© UFAKuper i Axmedov na press-konferensii
Kuper i Axmedov na press-konferensii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oman bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan Ektor Kuper va Odil Ahmedovlar jurnalistlar savollariga javob berishdi.

TOShKENT, 8 yanv - Sputnik. Ushbu kunlarda O‘zbekiston Milliy terma jamoasi BAAda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Birinchi uchrashuv Ummon jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Muhim uchrashuv oldidan bosh murabbiy Ektor kuper va terma jamoa kapitani Odil Axmedov jurnalistlar savollariga javob berishdi, O‘FA xabari asosida.  

— Ummon terma jamoasiga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik qanday kechdi?
— Biz nafaqat Ummon jamoasiga qarshi uchrashuvga, balkom butun musobaqaga tayyorlandik. Ummon – bizning birinchi raqibimiz. Uchrashuvga tayyorgarlik yaxshi kechdi. Biz ertaga o‘z imkoniyatlarimizni namoyish qilishga tayyormiz. Albatta, g‘alaba qozonishni istaymiz. 

— Ummon terma jamoasini yaxshilab o‘rganib chiqdingizmi ? 
— Ha, jamoa o‘yinlarini tomosha qildik, lekin hammasi maydonda hal bo‘ladi. Musobaqada faqat kuchli terma jamoalar ishtirok etmoqda. Ularning barchasi yaxshi natija ko‘rsatishni istaydi. Futbolning qiziqligi ham shunda. Ummon jamoasi ham kuchli.

— Ummon jamoasining asosiy darvozaboni maydonga tusha olmaydi. Bu O‘zbekiston jamoasiga yordam beradimi ?

Odil Ahmedov: - Ha, bu rostdan ham katta yo‘qotish. Meni uni yaxshi bilaman. Agar raqibning ushbu yo‘qotishi bizga qo‘l kelsa – men faqat xursand bo‘laman.

— Janubiy Koreya bilan bo‘lgan o‘yindan so‘ng, O‘zbekiston terma jamoasi salkam 50 kun maydonga tushmadi, o‘rtoqlik uchrashulari o‘tkazmadi. Ushbu holat bosh murabbiy Kuperni xavotirga solmayaptimi?

— Yo‘q, solmayapti. Bunday o‘yinlarda jarohat olish xavfi katta. Agar Osiyo kubogida ishtirok etayotgan jamoalar bo‘lganida, biz o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazgan bo‘lardik, lekin bunday jamoa topilmadi. Jamoaga kelgan bir murabbiy hamma narsani mutlaq o‘zgartira olmaydi. Biz o‘zgartirishga harakat qildik. Yana ko‘p narsa qilishga tayyormiz. Hozir imkoniyatlarimizni namoyish qilish vaqti keldi.

— Terma jamoaning jismoniy tayyorlik holatini qanday baholaysiz ?

Odil Ahmedov: - Qaysi jamoa to‘pga ko‘proq egalik qilsa – o‘sha yutadi. Shuning uchun biz jismoniy tayyorgarlikka katta e’tibor qaratdik. Musobaqa davomida bizda muammo bo‘lmaydi deb o‘ylayman.

Yangiliklar lentasi
0