TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bugun Osiyo Kubogidagi ilk uchrashuvni Ummon terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Oʻyin Sharja shahridagi "Sharjah Club Al Hazana" oʻyingohida Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi. Mazkur bahsga koreyalik Kim Dong Jin bosh hakamlik qiladi.
Qizigʻi shundaki, bugun Oʻzbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev oʻzining 25 yoshini qarshi olmoqda.
Kuni kecha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov jamoa aʼzolari bilan uchrashdi. Chiroyli oʻyin namoyish qilib, millionlab futbol muxlislarini, butun oʻzbek xalqini xursand qilishlarini tiladi. Agar terma jamoa BAAdagi turnirda gʻalabaga erishsa, Oʻzbekistonda katta bayram boʻlishini qoʻshimcha qildi.
Kuper Oʻzbekiston termasi oʻyinchilarini darvozaga urilmagan gol uchun jazolamoqda ˃˃˃
Osiyo Kubogi 5 yanvar kuni BAAda boshlandi. Ushbu turnir 1 fevralgacha davom etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi 9, 13 va 17 yanvar kunlari Ummon, Turkmaniston va Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.