Qiz erotik chatda o‘tirgan ekan, onasi shokda - Akbutin

CC0 / pixabay / Devushka sidit s telefonom
Devushka sidit s telefonom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Psixolog Eldor Akbutin o‘smirlarning gormonal faollik o‘sishi davrida qanday yordam berilishi mumkinligini aytdi.

TOShKENT, 29 dek – Sputnik. Sputnik Qirg‘iziston radio efir chog‘ida psixolog Akbutin unga o‘smir qizning onasi yuzaga kelgan vaziyatni aniqlash uchun yordam so‘rab murojaat qilganligini ma’lum qildi.

Kadri s mesta vzriva v Arxangelske - Sputnik O‘zbekiston
FSBga hujum qilgan o‘smir “internetda zombilangan”  

“Qizning yoshi atigi 12 yoshda, yaqinda men uni bir bola bilan erotik chatda muloqot qilayotganini bilib qoldim. Ko‘zimga dunyo qorong‘u ko‘rinib ketdi... Qanday qilib? Nega bunchalik erta? Nima qilish kerak? Qanday uni bundan harakatlardan uzoqlashtirish mumkin? Qanday bu harakatlardan qaytarish mumkin?”, - yig‘lab gapiradi ayol.

Psixologning so‘zlariga ko‘ra, bu umidsizlik va ko‘mak berish chaqiruvini oson tushunish mumkin.

“Bu vaziyatda bir nechta holatni inobatga olish kerak. Bu o‘smirlik gormonal ko‘tarilishi, bu shunchaki kimyo va fiziologiya ekanligini tushunish kerak. Afsuski, tabiiy jarayon bilan hech narsa qilib bo‘lmaydi. Bu yoshda gormonallar faollik ko‘tariladi, o‘smir u uchun yangi bo‘lgan holatni yengish uchun butun kuchi bilan xarakat kiladi”, - deb tushuntiradi Akbutin.

Toshkentda uch o‘smir taksichini arqon bilan bo‘g‘moqchi bo‘ldi

Psixolog fikriga ko‘ra, bu vaqtda farzandga ko‘mak berish juda muhim.

“Badan va hissiyotlaringiz bilan qanday o‘zgarishlar yuz berayotgani, shu vaqtda nima qilish kerak, bu haqda yetarli ma’lumotlar bo‘lmagani eslang. Sovet vaqtida film qahramonlari o‘pishish yoki quchoqlashishni boshlashganda ota-onalar farzandlarining ko‘zlarini to‘sadilar yoki xonadan chiqib turishni so‘raydilar. Bu bilan ular bola ongida ekranda iflos va ruxsat berilmagan narsalar sodir bo‘layotganini ko‘rsatishgan. Bugun bu bolalar katta bo‘lishdi, ular o‘zlari farzandli bo‘lishdi, biroq kattalar hozir ham bu mavzuda ochiq gapira olishmaydi. Balki shuning uchun qizining bunday hatti-harakatlariga shu tariqa munosabat bildirmoqda – o‘z vaqtida unga shu yo‘nalishda yetarli ko‘mak berilmagan”, - deydi psixolog.

Mutaxassis “qiz bilan bir xil hissiy pog‘onada bo‘lish kerak” va tanqid qilish pozitsiyasiga turib olish kerak emas.

Odin iz shiroko rasprostranennix sposobov samoubiystva – prijok s visoti - Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan to‘rt oy ichida 153 nafar o‘smir o‘z joniga qasd qilgan

“Qizga dugona bo‘lib, unga misol uchun shunday aytish kerak: “Men ham sening yoshingda bunday muammo bilan to‘qnash kelganman va menga qiyin va uyat bo‘lgan. Menda ham ichimda hamma narsa qaynab turardi, biroq buni uddalashga harakat qilganman”, - deb maslahat berdi Akbutin.

Psixolog so‘zlariga ko‘ra, 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar orasida olib borilgan so‘rov natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning ko‘pchiligi 10-12 yoshda ulg‘aygan deb hisoblashadi.  

“Bolani biron narsaga 10 yoshgacha o‘rgatish mumkin, keyin esa o‘smirlar hech narsani eshitishni xohlashmaydi va o‘zlari mustaqil uddalashga harakat qilishadi. Sizning qizingiz ham katta bo‘lishni istaydi, shuning uchun siz uni bolalik holatida “to‘xtatib” qo‘yishingiz yoki uni tushunishga harakat qilib, katta bo‘lishiga yordam berishingiz mumkin. Uning ehtiyojlariga e’tibor qaratishingiz zarur. Balki qizingizda ma’lumot yetarli emas. Qizingizga tanqid yoki qattiq nazorat kerak emas, u ko‘proq yordamga muhtoj”, - deb ta’kidlaydi psixolog.

Akbutin fikriga ko‘ra, 5-10 yildan keyin ona qizi bilan “katta yoshdagilar mavzularni” ochiq muhokama qilishi mumkin. Hozir farzand qo‘llab-quvvatlanmasa, bolaning ko‘ngliga yomon ta’sir qilishi mumkin, keyinchalik u bilan munosabatda ochiq masofani yuzaga keltirishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0