Toshkentda uch o‘smir taksichini arqon bilan bo‘g‘moqchi bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida haydovchini arqon bilan bo‘g‘gan jinoyatchilar Pak Aleksandr va balog‘at yoshiga yetmagan o‘spirinlar Yan Kalan hamda Roman Shepelev ekanliklari aniqlangan

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Toshkentda 7-avgust kuni tungi soat 23:50da uch noma’lum shaxs Sirg‘ali tumanida taksiga o‘tirishgan.

""Spark" avtomobilini Surat Valiyev boshqargan. Noma’lum shaxslar taksi haydovchisiga hujum uyushtirishgan, ular taksichining bo‘yniga arqon tashlab, pichoq bilan dag‘dag‘a qilishgan. Ammo haydovchi hujum uyushtirganlarga qarshilik ko‘rsatgan, ularning qo‘lidan qochib chiqib, avtomobil salonini tark etishga muvaffaq bo‘lgan.

Hech mirisiz qolgan tajovuzchilar jinoyat sodir etilgan joydan g‘oyib bo‘lishgan", — deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyat Pak Aleksandr va balog‘at yoo‘iga yetmagan o‘spirinlar Yan Kalan hamda Roman Shepelev tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0