TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Toshkentdagi Zarqaynar majmuasi E-ijro onlayn-auksion orqali savdoga qo‘yildi.
Zarqaynar majmuasi bir paytlar O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli edi.
Majmua 2005-yilda qurilgan bo‘lib, uning umumiy maydoni 1,2 gektar, shundan 1,06 gektari ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan.
Bino uch qavatdan iborat va 100 ga yaqin xonaga ega. Birinchi qavatda ofis xonalari, ikkinchisida restoran va podium, uchinchisida ko‘rgazma zali joylashgan.
Majmuaning boshlang‘ich narxi 87,9 milliard so‘mni tashkil etdi. Zakalat miqdori - 4,3 milliard so‘m. Arizalar 23-yanvarga qadar qabul qilinadi. Auksion savdolari esa 25-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.