Shavkat Mirziyoyev bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil detskiy sad №74 v maxalle Bogishamol Yunusabadskogo rayona g. Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev posetil detskiy sad №74 v maxalle Bogishamol Yunusabadskogo rayona g. Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident bog‘chada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, xodimlar bilan muloqot qildi.

TOShKENT, 26 okt - Sputnik.  O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumani Bog‘ishamol mahallasida joylashgan 74-maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, bu maktabgacha ta’lim muassasasi joriy yilda rekonstruksiya qilinib, zamonaviy ta’mirlandi. Mashg‘ulot xonalari bolalar tarbiyasi uchun zarur, bejirim va qiziqarli inventarlar bilan jihozlandi. Oshxona va  sport zali yangidan qurildi. 

Bugungi kunda muassasada 375 ta bola ta’lim-tarbiya olmoqda. Prezident bog‘chada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, xodimlar bilan muloqot qildi.

“Biz uchun birinchi o‘rinda bolalarimizning ma’naviyati, bilimi, sog‘ligi. Shuning uchun davlat tomonidan maktabgacha ta’limga katta e’tibor berilyapti va bu hali boshlanishi. Sizlarning vazifangiz bolalarning ko‘zidagi nurni ilg‘ab olish, ularga yaxshi tarbiya berish”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaDetskiy sad №74 v maxalle Bogishamol Yunusabadskogo rayona g. Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar berdi - Sputnik O‘zbekiston
Detskiy sad №74 v maxalle Bogishamol Yunusabadskogo rayona g. Tashkenta

Shu yerda Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalarining holati va ularni rivojlantirishga oid loyihalar namoyish etildi.

Davlat rahbari bu boradagi takliflarni ma’qullab, xususiy sherikchilik asosida yangi bog‘chalar qurish, bolalarni qamrab olishni kengaytirish va kelgusida yuz foizga yetkazish zarurligini ta’kidladi.

Detskiy sad №74 v maxalle Bogishamol Yunusabadskogo rayona g. Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar berdi - Sputnik O‘zbekiston
Detskiy sad №74 v maxalle Bogishamol Yunusabadskogo rayona g. Tashkenta

Shu yerda Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rahbarlari bilan videokonferensiya orqali muloqot qilindi.

Prezident bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar berdi.

Yangiliklar lentasi
0