Bog‘chalardagi oshxona ishchilarining maoshi ko‘tarilishi mumkin: hukumat qarori tayyorlandi

© Sputnik / Vladimir Akimov / Mediabankka o‘tishV stolovoy detskogo sada
V stolovoy detskogo sada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bog‘chalaridagi ovqatlashtirish tizimiga doir hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. “Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Shavkat Mirziyoyev posetil detskiy sad №74 v maxalle Bogishamol Yunusabadskogo rayona g. Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar berdi

Qaror loyihasida 2019-yil 1-yanvardan boshlab quyidalarni belgilash ko‘zda tutilgan:

- davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bosh oshpazi, oshpazi va oshxona ishchilari, oziq-ovqat omborlari mudirlari lavozim maoshlariga 100 foiz qo‘shimcha to‘lov joriy etish;

- ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim muassasalarining oshxonalarida ishlatiladigan kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, suv, gaz) xarajatlari budjet mablag‘lari hisobidan qoplash;

- maktabgacha ta’lim muassasalarida tayyor taomlarni yetkazib berish orqali sog‘lom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etilganda maktabgacha ta’lim muassasalari oshxonalari va ulardagi barcha jihozlar “nol” qiymatda ijaraga berilishi belgilash;

- ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim muassasalarida bosh oshpaz, oshpaz va oshxona ishchilarining qisqartirilishi natijasida tejaladigan budjet mablag‘lari bevosita maktabgacha ta’lim muassasalari oshxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tadbirlariga yo‘naltirish.

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Jizzax shahri Zargarlik mahallasida aholi bilan suhbatlashdi. - Sputnik O‘zbekiston
Prezidentning Jizzaxga tashrifi: paxta eksporti, bog‘cha va maktablarda kameralar o‘rnatilishi

Qaror loyihasiga maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan tarbiyalanuvchilarni sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish to‘g‘risida nizom, maktabgacha ta’lim muassasalarida tayyor taomlarni yetkazib berish orqali sog‘lom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.

Shuningdek, 2019-2021 yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish yuzasidan Yo‘l xaritasi va respublikada “Bolalar ovqatlanish kombinatlari” tashkil etish parametr ko‘rsatkichlari tayyorlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi "Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish ishlarini tajriba tarzida amalga oshirish belgilangan edi.

Shuningdek, 2017-yil 19-dekabrida Sh.Mirziyoyev bog‘chalarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlagandi.

Yangiliklar lentasi
0