Maktab o‘quvchisidan milliardergacha: Markaziy Osiyo yetakchilarining farzandlari

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevPrezidenti Uzbekistana, Kazaxstana, Tadjikistana i Kirgizstana
Prezidenti Uzbekistana, Kazaxstana, Tadjikistana i Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo davlatlari har bir prezidentining farzandi bor. Ular orasida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon eng serfarzand – to‘qqiz farzandning otasi. Qirg‘iziston rahbari ikki farzand otasi. Davlat rahbarlarining ba’zi farzandlari o‘z hayotlarini yashirin tarzda o‘tkazishadi, boshqalari esa – mamlakat hayotida faol qatnashib, yuqori lavozimlarida faoliyat olib borishadi.

TAShKENT, 5 dek — Sputnik. Prezident farzandlari – mintaqamizdagi sisosatning muhim shaxslaridan biridir. Investitsiya va innovatsiya rivojlanish markaziy agentligi rahbari sifatida faoliyat yuritgan Maksim Bakiyevni yodga olish kifoya. Ko‘pchilik ekspertlarning fikriga ko‘ra, u hattoki bosh vazirdan ham e’tiborliroq va kuchliroq bo‘lgan.

Sputnik Qirg‘iziston tahririyati Markaziy Osiyo davlatlari amaldagi prezidentlarining farzandlari nima ish bilan shug‘ullanishini eslatib o‘tadi. Ma’lumotlar ochiq manbalardan olingan.

Qozog‘iston: Nazarbayevning qizi – milliarder

Millat yetakchisi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarbayevning uch nafar qizi bor.

Katta qizi Dariga Nazarbayeva. U  55 yoshni qarshilagan. Oligarx va siyosatchi Raxat Aliyev bilan turmush qurgan. Uch nafar farzandi bor. Keyinchalik Aliyev muholifatchiga aylanib, 2015-yilda vafot etgan. Dariga Nazarbayeva OAVga rahbarlik qilgan, tadbirkorlik bilan shug‘ullangan, "Nurbank" aksioneri va "Asar" partiyasining rahbari sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Qozog‘iston parlamentning quyi palatasi deputatligiga saylangan, bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan, ayni damda esa parlamentning yuqori palatasi deputati.

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPrezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev s semyey.
Maktab o‘quvchisidan milliardergacha: Markaziy Osiyo yetakchilarining farzandlari - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev s semyey.

Ikkinchi qizi 51 yoshli Dinara Kulibayeva. Qozog‘istonlik tadbirkor va siyosatchi Timur Kulibayevga turmushga chiqqan. Bir o‘g‘il va ikki qizi bor. Forbes jurnalining ma’lumotiga ko‘ra, uning boyligi 3,2 milliard dollarda baholanadi. Turmush o‘rtog‘ining ham shuncha boyligi bor. Dinara biznesdan tashqari xayriya ishlari, ilmiy loyihalar bilan shug‘illanadi. Qozog‘iston Fanlar akademiyasi akademikidir.

Dariga Nazarbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Dariga Nazarbayeva O‘zbekiston bilan "shengen" viza tartibini o‘rnatishni taklif qildi

Uchinchi qizi 38 yoshli Aliya. Uch marta oila qurgan, birinchi turmush o‘rtog‘i – Qirg‘iziston birinchi prezidenti Askar Akayevning o‘g‘li Aydar. Ikkinchi marta futbolchi va ishbilarmon Daniyar Xasenovga turmushga chiqib, ikki qizning onasi baxtiga muyassar bo‘lgan. Ishbilarmon va siyosatchi Dimash Dosanov – Aliyaning uchinchi turmush o‘rtog‘i. Ularning bir o‘g‘li va bir qizi bor. Aliya tadbirkor va ekologik loyihalar bilan shug‘ullanadi.

Qirg‘iziston: qizi – talaba, o‘g‘li – maktab o‘quvchisi

Bir yil oldin Qirg‘iziston prezidenti etib saylangan Sooronbay Jeenbekovning ikki nafar farzandi bor.

Katta qizi - Baktigul Jeenbekova B.N. Yelsin nomli Qirg‘iziston-Rossiya slavan universiteti talabasi. 2016-yilda deputat Aliyarbek Abjaliyevning o‘g‘li Atabekka turmushga chiqqan. Atabek hukumat apparatining xalqaro hamkorlik bo‘limida ekspert bo‘lib ishlaydi.

Davlat rahbarining o‘g‘li maktabda o‘qiydi.

Tojikiston: prezidentning eng yaxshi yordamchilari kim

Emomali Rahmon 1994-yilning oxiridan buyon Tojikistonni boshqarib kelmoqda. Hozirda u nafaqat prezident, balki tinchlik va milliy birlik asoschisi – Millat yetakchisidir. Tojikiston prezidenti Emomali Raxmon nafaqat mintaqadagi, balki butun dunyodagi eng serfarzand prezidentdir. U to‘qqiz nafar farzandning otasi. Ikki nafar farzandi hukumatda yuqori lavozimlarni egallashgan.

© Sputnik / /Amir IsayevDoch prezidenta Tadjikistana Ozoda Raxmon
Maktab o‘quvchisidan milliardergacha: Markaziy Osiyo yetakchilarining farzandlari - Sputnik O‘zbekiston
Doch prezidenta Tadjikistana Ozoda Raxmon

Ikkinchi qizi, 40 yoshli Ozoda Rahmon Tojikiston prezidenti apparatini boshqaradi. U Rahmoning ikkinchi qizi va uchinchi farzandi. Ilgari Tojikistonning AQShdagi elchixonasida ishlagan, so‘ngra TIV boshqarmasining konsullik rahbari bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i Jamoliddin Nuraliyev Tojikiston Milliy banki raisining o‘rinbosari. Ularning besh nafar farzandi bor.

Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon 29 yashar o‘g‘lini Dushanbega mer etib tayinladi

Katta o‘g‘li, 30 yoshli Rustam Emomali 2006-yilda davlat xizmatida o‘z faoliyatini boshlagan. Bir necha idoralarda ishlagan, 2012-yilda Bojxona xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlangan, bir yildan keyin esa rahbarlikni qo‘lga olgan. So‘ngra Davlat moliya nazorati va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha agentlik direktori sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yilda Rustam Dushanbe shahri hokimi etib tayinlandi.

© Sputnik / Amir Isayev Rustam Emomali
Maktab o‘quvchisidan milliardergacha: Markaziy Osiyo yetakchilarining farzandlari - Sputnik O‘zbekiston
Rustam Emomali

Rustam sport sohasida ham ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan. U “Istiqlol” futbol jamoasi tarkibida hujumchisi sifatida to‘p surib, ikki marta chempion bo‘lib, Tojikiston Kubogi va Superkubogi sovrinlarini qo‘lga kiritgan.  Shuningdek, hozirda Tojikiston Futbol federatsiyasi prezidenti va Osiyo Olimpiya kengashining a’zosidir. Dushanbe oziq-ovqat sanoati korxonasi rahbarining qiziga uylangan. Ikki farzand sohibi.

Ozoda Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon o‘z qizini prezident apparati rahbari etib tayinladi

Rahmonning katta qizi Firuza, OAVlarning ma’lumotiga ko‘ra,Tojikiston temir yo‘llarining sobiq rahbari Amonullo Hukumovning o‘g‘liga turmushga chiqqan.

Ikki yil ilgari OAVlarda prezidentning uchinchi qizi Ruxshona Rahmon Tojikiston TIV boshqarmalari boshlig‘ining biriga o‘rinbosar etib tayinlangani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

To‘rtinchi qizi Taxmina haqida umuman ma’lumotlar mavjud emas.

Beshinchi qizi Parvina Energetika va sanoat vazirligi sobiq  vaziri Sherali Gulovning o‘g‘li Ashraf Gulovga turmushga chiqqan.

Rahmoning oltinchi qizi Zarrina Tojikiston birinchi kanalida suxandon (diktor) bo‘lib ishlagan. Bir necha yil oldin Aloqa xizmati rahbari Beg Zuhurovning o‘g‘li Siyovush bilan oila qurgan.

Yettinchi qizi Farzona 2010-yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi xalqaro olimpiadada birinchi o‘rinni egallagan. U haqida ochiq manbalarda boshqa ma’lumot mavjud emas.

Kenja (ikkkinchi) o‘g‘li Somon 2012-yilda Ruminiyadagi axborot texnologiyalari bo‘yicha Xalqaro loyiha olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Turkmaniston: Arkadagning yagona o‘g‘li nimalar bilan band

Gurbonguli Berdimuhamedov 2006-yildan buyon Turkmanistonni boshqarib kelmoqda. U Arkadag (“himoyachi”) unvoniga ega. Prezidentning uchta qizi va bitta o‘g‘li bor.

37 yoshli Serdar 2003-2008 yillarda Turkmaniston Oziq-ovqat uyushmasida ekspert va yetakchi ekspert sifatida faoliyat yuritdi. Keyin davlat ishlariga qatnashib, diplomatlik martaba erisha boshladi. Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlashga ulgurdi. 2016-yildan boshlab deputat maqomi ega. Joriy yilning boshida Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. To‘rt nafar farzandi bor. Turmaniston OAVlari Serdan haqida tez-tez ma’lumotlar berib turishadi. Qator ekspertlar Serdarni Turkmaniston prezidentining davomchisi sifatida tayyorlashmoqda deb taxmin qilishmoqda.

Argadagning boshqa farzandlari haqida ma’lumotlar juda oz. Bir necha yil ilgari prezidentning katta qizi Guljahon Buyuk Britiniyadagi uglevodorod resurslarini boshqarish va foydalanish bo‘yicha Turkmaniston davlat agentligi vakili bo‘lgan turmush o‘rtog‘i Ilasgeldi Amanov bilan Londonda yashashi ma’lum qilingan edi. Kichik qizi oilasi bilan Parijda yashaydi. Uchinchi qizi haqida ma’lumotlar yo‘q.

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishPredsedatel komiteta po zakonodatelstvu i yego normam Turkmenistana Serdar Berdimuxamedov
Maktab o‘quvchisidan milliardergacha: Markaziy Osiyo yetakchilarining farzandlari - Sputnik O‘zbekiston
Predsedatel komiteta po zakonodatelstvu i yego normam Turkmenistana Serdar Berdimuxamedov

O‘zbekiston: kuyov qaynotasini qo‘riqlaydi

61 yoshli Shavkat Mirziyoyev ikki yil oldin O‘zbekiston prezidenti etib saylangan edi. Rafiqasi Ziroatxon Hoshimova, ularning uch nafar farzandi bor.

© AFP / POOL / Anvar Ilyasov Shavkat Mirziyoyev na prezidentskix viborax so svoyey semyey
Maktab o‘quvchisidan milliardergacha: Markaziy Osiyo yetakchilarining farzandlari - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev na prezidentskix viborax so svoyey semyey

Katta qizi Saida va kuyovi Oybek Tursunov haqida juda oz ma’lumotlar ma’lum.

Ikkinchi qizi Shahnoza Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari. Uning turmush o‘rtog‘i Otabek Shaxanov o‘tgan yili prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Prezident qizlarining farzandlari bor. OAVlarida O‘zbekiston rahbari o‘g‘li va nevarasi bilan birga tushgan foto-surat bor.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev sfotografirovalsya s ofitsialnim talismanom chempionata mira po futbolu 2018 goda
Maktab o‘quvchisidan milliardergacha: Markaziy Osiyo yetakchilarining farzandlari - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev sfotografirovalsya s ofitsialnim talismanom chempionata mira po futbolu 2018 goda

Prezidentning yagona o‘g‘li maktab o‘quvchisidir.

Yangiliklar lentasi
0