Emomali Rahmon 29 yashar o‘g‘lini Dushanbega mer etib tayinladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishTojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon
Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston prezidenti Dushanbe merini ishdan olib ushbu lavozimga to‘ng‘ich o‘g‘lini tayinlagani to‘g‘risidagi xabar mamlakat fuqarolari orasida o‘ta qizg‘in muhokama qilinmoqda

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon payshanba kuni Dushanbe meri Maxmadsaid Ubaydulloyevni egallab turgan lavozimidan chetlatdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

"Ubaydulloyev ushbu lavozimni 15-yildan ortiq muddat egallab kelgan. Rahmon Ubaydulloyevning o‘rniga Dushanbe meri etib o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘li Rustam Emomalini tayinladi. Rustam Emomali shu vaqtga qadar Korrupsiyaga qarshi kurash va moliyaviy nazorat agentligi rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi", — deyilgan xabarda.

Nashrda yozilishicha, Tojikiston poytaxti meri o‘rinbosarlari va shahar tumanlari raislari ham almashtirilgan.

Tojikiston prezidentining tshn-ich sh-li Rustam Emomali 1987-yilda tavallud topgan. U Tojikiston Milliy universitetining "Xalqaro iqtisodiy aloqalar" fakultetini tamomlagan. Tojikiston Futbol federatsiyasi prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0