TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon chorshanba kuni o‘z qizi Ozoda Rahmonni prezident apparati rahbari etib tayinladi, xabar beradi mamlakat rahbari matbuot-xizmati.
"Shu vaqtga qadar Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Ozoda Rahmon, prezident apparati rahbari etib tayinlandi", — deyiladi xabarda.
Ozoda Rahmon 1978 yil 3 yanvarda Tojikistonda tavallud topgan. Millati tojik, oliy ma’lumotga ega, yuridik fanlar nomzodi. Favqulodda va muxtor elchi unvoniga ega. 2000-yilda Tojikiston milliy universitetini tamomlagan. 2004-2006 yillarda Jorjtaun va Merilend universitetlarida tillarni o‘rganish bilan shug‘ullangan. 2005-2007 yillarda Vashingtondagi Tojikiston elchixonasida madaniy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha attashe vazifasini bajargan. 2007-2009-yillarda respublika IIVda Konsul boshqaruv rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
2009-2014 yillarda Tojikiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimini egallagan, 2014-yil may oyidan boshlab, 2016-yil yanvariga qadar Tojikiston Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Tojik, rus va ingliz tillarini biladi. 5 farzand onasi. Turmush o‘rtog‘i — Jamoliddin Nuraliyev, Tojikiston Milliy banki rahbari birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritadi.