Xalq tabobati bilan kimlar shug‘ullanishi mumkin – buyruq loyihasi tayyorlandi

© Sputnik / Natalya AyriyanLechebnie travi na rinke vixodnogo dnya v Sxinvale.
Lechebnie travi na rinke vixodnogo dnya v Sxinvale. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihada qayd etilishicha, xalq tabobatining e’tirof etilgan usullariga to‘rtta guruh kiradi.

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. “Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat ko‘rsatish tartibi va hajmlari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” buyruq loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Vrachi-gematologi v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Davlat tibbiyot muassalari xodimlarining maoshi oshirildi

Loyihaga ko‘ra, xalq tabobati usullarini qo‘llash bilan amalga oshiriladigan tibbiy faoliyat shifokorlar va xalq tabobati bo‘yicha mutaxassislar tomonidan Sog‘likni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasi asosida amalga oshiriladi.

Xalq tabobatining e’tirof etilgan usullariga quyidagi guruhlar kiradi:  

Birinchi guruh – invaziv (teri butunligining buzilishi bilan bog‘liq)

usullarni qo‘llovchi halq tabobati: akupunktura, su-djok terapiya, xijoma.

Ikkinchi guruh – noinvaziv usullarni qo‘llovchi halq tabobati:

manual terapiya, akupressura.

Uchinchi guruh – biologik invaziv vositalarni qo‘llovchi halq tabobati: gomeopatiya, girudoterapiya, apiterapiya.

To‘rtinchi guruh – parhez va o‘simlik vositalarini qo‘llovchi halq tabobati: fitoterapiya, ochlik bilan davolash.

"Xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan xalq tabobati bo‘yicha ixtisoslashuvdan o‘tgan yoki tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat berilgan maxsus xalq tabobati usullari bo‘yicha kurslarni tugatgan shifokorlar hamda odam anatomiyasi, fiziologiyasi, farmakologiya, laboratoriya va instrumental diagnostika, shuningdek birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning amaliy ko‘nikmalari bo‘yicha maxsus o‘quv kursini tugatgan shaxslar shug‘ullanishlari mumkin", - deyilgan buyruq loyihasida.

Tolko stakan i voda - mirovie xiti v ispolnenii ulichnogo muzikanta - 11 mln prosmotrov na Yutub. Smotret vsem. - Sputnik O‘zbekiston
Shifokorlar ko‘p suv ichish sog‘liqqa zarar ekanligi haqida ogohlantirishdi

Xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun shaxslarning tibbiyot uquv muassasalarida tashkil etilgan maxsus o‘quv kurslarini o‘tashlari maqsadga muvofiqligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida belgilanadi.

Xalq tabobati usulida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun belgilangan tartibda (tibbiy ta’lim ma’lumoti mavjudligi talabi bundan mustasno) amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0