TOShKENT, 29 noya – Sputnik. “O‘zbekiston Havo yo‘llari” tarkibidan “O‘zbekiston aeroportlari” AJ alohida kompaniya sifatida ajralib chiqadi. Bu haqida 27-noyabr kuni qabul qilingan prezident qarorida aytib o‘tilgan.
Milliy Aviakompaniyani qayta tashkil qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
“O‘zbekiston Havo yo‘llari” MAK doreksiyasi asosida “Uzbekistan Airways” AJ tashkil qilinadi.
Ikkinchi navbatda “Uchish majmuasi” DUK, “Havo aloqalari bosh agentligi” va “O‘zaviatexsnab” asosida “Uzbekistan Airports” AJ tashkil qilinadi.
Undan tashqari, “Maxsus aviaishlar aviakompaniyasi” asosida “Uzbekistan Helicopters” MChJ tashkil qilinadi.
“O‘zaeronavigatsiya” davlat korxonasi Vazirlar Mahkamasi ixtiyoriga topshiriladi.
Qarorda aytilishiga ko‘ra yangi tuzilgan kompaniyalarning har biri o‘z sohasida turli vazifalari bajarishi kerak bo‘ladi.
“Uzbekistan Airways” AJ vazifalari:
- Mavjud havo kemalaridan samarali foydalanish, jumladan yangi yo‘nalishlar ochish;
- Aviaparkni yangilash va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy etish;
- Yo‘lovchilarga ko‘rstilayotgan xizmatlar sifatini oshirish;
- Yo‘lovchi,yuklar va pochta tashishda moslashuvchan tariflar taklif qilish;
- To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni jalb etish;
- Parvozlar xavfsizligini ta’minlash;
- Aviakompaniyani xalqaro aviatashuvchilar jamiyatiga integratsiya qilish;
- Hududiy miqyosda yetkchilikka erishish;
“Uzbekistan Airports” AJ asosiy vazifalari:
- Aeroportlar rivojanishining uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Aeroportlar infratuzilmalarini yaxshilash uchun sarmoyalar jalb qilish;
- Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatini saqlab turish;
- Aeroport barcha xizmatlarining samarali faoliyatini tashkil etish;
- Aeroportlarda parvozlar xavfsizligi ta’minlash;
- Aeroportlarni zamonaviy darjada ta’mirlash va havo kemalariga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni ta’minlash;
- Aeroportlar hududida zamonaviy ovqatlanish tarmoqlari, bank xizmatlari va boshqa xizmatlarni davlat xususiy hamkorligi asosida tashkil etish;
Yangi korxonalarda qanday yangiliklar bo‘lishi kutilmoqda
Yangi tashkil qilinayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv organlari tarkibiga kerakli malakaga ega bo‘lgan, ushbu sohalarda salmoqli tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar taklif qilinadi.
2020 yildan boshlab ushbu kompaniyalarning moliyaviy hisoboti xalqaro standartlar asosida olib boriladi va har yili xolis audit yordamida tekshiriladi.
“O‘zbekiston xavo yullari” kompaniyasiga berilgan barcha imtiyozlar yangi kompaniyalar uchun ham saqlanib qoladi.
Undan tashqari yangi tashkil qilinayotgan mahalliy aviakompaniyalar 2023-yilning 1-yanvariga qadar samlotlarni va xizmat inventarlari olib kelishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. (kod TN VED 8802, 8803 va 8805);
Rejalar amalga oshirilish muddatlari
Prezident qarorida aytilishiga ko‘ra, yuqorid ko‘rsatilgan ishlarni amalga oshirish rejasini tuzish uchun Abdulla Aripov boshchiligidagi ishchi komissiyaga 2 hafta vaqt beriladi;
2019 yilning 15-yanvariga qadar Transport vazirligi tashkil qilinishi kerak
2019 yilning 1-mayiga qadar “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi kompaniyalar mulkini ro‘yxatdan o‘tkazish;
2019 yilning 1-iyuniga qadar O‘zbekiston bozorida qo‘shimcha aviakompaniyalar, jumladan loukosterlar va biznes aviatsiyasi faoliyatini tashkil qilish uchun qulay sharoitlar yaratish;
2019 yilning 1-apreliga qadar Davlat investitsiyalar qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Jahon banki mutaxassislari yordamida davlat-xususiy sherikchilik asosida ishlashga o‘tadigan aeroportlar ro‘yxatini tuzish;
2020 yilning 1-yanvariga qadar tanlangan aeroportlar loyihalarini konkus asosida tanlab olish;