Turizm qo‘mitasi “Havo yo‘llari”ni bir necha kompaniyaga bo‘lishni taklif qildi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaBoing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston havo yo‘llari"ni - aviatashuvchi, aeroportlarni boshqaruvchi va aviatsiyani tartibga soluvchi bir nechta raqobatlashuvchi kompaniyalarga ajratish taklif qilindi.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasini qayta tuzishni taklif etmoqda, bu haqda 2025-yilgacha turizmni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida aytilgan.

Hujjat matniga ko‘ra, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasini bir nechta raqobatlashuvchi kompaniyalarga ajratish taklif qilingan: aviatashuvchi, aeroportlar boshqaruvi va aviatsiyani tartibga solish organni ajratib turuvchi kompaniya.

Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekiston havo yo‘llari” chipta xarid qilish bo‘yicha yangi onlayn-to‘lov usulini qo‘shdi

Shuningdek, davlat yirik xalqaro aviatashuvchilarni hamkorlikka chorlash va loukosterlar parvozini tashkil qilish rejalashtirgan.

Bundan tashqari, mamlakatda ichki qatnovlar rivojlantiriladi. Hozirgi kunda hududlar o‘rtasidagi barcha aviaparvozlar Toshkent shahri orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston hukumati rejalarida yangi xalqaro aeroportlarni qurish va eskilarini qaytadan ta’mirlash o‘rin olgan.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, ushbu barcha chora-tadbirlar aviakompaniyalar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirish va aviachipta narxlarini pasaytirishgan yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0