“O‘zbekiston havo yo‘llari” chipta xarid qilish bo‘yicha yangi onlayn-to‘lov usulini qo‘shdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishBankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard
Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgari yo‘lovchilar chipta sotib olish uchun faqat UzCard va VISA kartalaridan foydalanishlari mumkin edi.

TOShKENT, 9 noya - Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi chiptalarni sotib olish bo‘yicha onlayn-to‘lov usullariga MasterCard to‘lov tizimini qo‘shdi.

Ilgari yo‘lovchilar chipta sotib olish uchun faqat UzCard va VISA kartalaridan foydalanishlari mumkin edi.

Boing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Havo yo‘llari nima sababdan "Vnukovo"ga o‘tgani ma’lum bo‘ldi  

Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston havo yo‘llari" 2016-yilning 18-oktabridan boshlab chiptalarni internet orqali sotib olish xizmatini ishga tushirgani, yo‘lovchilar aviakompaniya rasmiy саҳифаси www.uzairways.com га kirib kerakli yo‘nalish, sana va chipta turini tanlashlari, chiptalar sotib olinganda yo‘lovchilarga yo‘nalish kvitansiyasi berilishi, pul to‘langani haqida ma’lumot sms xabari orqali yuborilishi haqida ma’lumot bergandik.

Aeroportda ro‘yxatdan o‘tishda elektron aviachipta qog‘ozini va shaxsni tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatish kifoya. Internet orqali chipta bron qilish va sotib olish parvozdan kamida 3 soat oldin amalga oshirilishi mumkin. 

Shuningdek, O‘zbekistonda yo‘lovchilar 2017-yil iyun oyidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” poyezdlariga onlayn chiptalar sotib olishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0