Ayol kishini yechinishga majburlagan sobiq operga sud hukmi o‘qildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, 21-noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi Kattaqo‘rg‘on shahar IIBning sobiq xodimi San’at Umarov ustidan hukm chiqardi.

TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudida Kattaqo‘rg‘on shahar IIBning sobiq xodimi San’at Umarov ustidan hukm o‘qildi, deb xabar qildi RIA Novosti mahalliy sud organlariga tayangan holda.

Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
San’at Umarov ishi yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi

Xabarda aytilishicha, 21-noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudida sudlanuvchi San’at Umarov (1988 yilda Samarqand viloyatining Samarqand tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Kattaqo‘rg‘on shahri IIB katta tezkor vakili lavozimida ishlagan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari O‘tkir Mamadaliyev tomonidan ko‘rib chiqildi, sudya hukmni o‘qib eshittirdi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, S.Umarovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi, 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) 2-qismi "a", "z" bandlarida va 241-1 moddasida (jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda (etishda) aybdor deb topdi.

Tanzila Narbayeva – zamestitel premyer-ministra Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Tanzila Norboyeva "nopok oper"dan jabrlangan ayolga psixolog yolladi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida 3-yil mansabdorlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda (ya’ni, u ozodlikdan chiqqanidan keyin 3-yil davomida davlat ishida ishlay olmaydi), 6-yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi hamda jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashni belgiladi. 

Shuningdek, sud tomonidan sudlanuvchi va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirilgan.

Yangiliklar lentasi
0