TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. 8-iyul kuni IIB xodimi tomonidan tahqirlangan ayol bilan uchrashish uchun O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva Samarqandga tashrif buyurdi,deb xabar qildi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot-xizmati.
Psixolog yollandi
Ayolning ruhiy holati o‘rganildi va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyasiga ko‘ra unga lozim paytda ko‘mak berish uchun psixolog Shahnoza Mamayusupova biriktirildi.
Advokat yollandi
T.N. misolida yana bir bor guvoh bo‘ldik, inson hayoti davomida o‘zi istagan va istamagan paytlarda huquqiy himoyaga muhtoj bo‘ladi. Advokat Azamat Ashurboyev T.N.ga lozim paytda maslahat berishga mas’ul etib biriktirildi va u tergov-surishtiruv jarayonida huquqiy yordam beradi.
Hamshira yollandi
Bundan tashqari, patronaj hamshira Nilufar Hayitova, Olmazor mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis Inobat Ergashevalar uning holidan muntazam ravishda murabbiy sifatida xabar olib turadi.
Savdo do‘koni ochib berildi
Farzandlari sportga jalb etildi
Farzandlari hududda faoliyat ko‘rsatayotgan sportning karate to‘garagiga jalb etildi.
Uy-joyi ta’mirlandi
Hududdagi tadbirkorlar va mahalla faollarining tashabbusi bilan ayolning uy-joyi ta’mirlanmoqda.
Mazkur oilada mehmon bo‘lgan Bosh vazir o‘rinbosari, respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva N.T.ga shunday dedi:
"Singlim N.T. Siz bir vaqtlar adashib jinoyatga qo‘l urganingiz bir umr jinoyatchi bo‘lib qoldingiz degani emas. Bundan aslo o‘ksinmasligingiz kerak. Mahalla, xotin qizlar qo‘mitasi sizga hayotingizni izga tushirib olishingizda albatta yordam qo‘lini cho‘zadi. Buning uchun barchamiz mas’ulmiz".