Haydovchilarning mast holatda ekanligini aniqlash tartibi muhokamaga qo‘yildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNochnoy Tashkent
Nochnoy Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchi tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda DYHXX xodimi unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.

TOShKENT, 15 noya – Sputnik. “Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi idoralararo qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Piteynie zavedeniya Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Transportni mast holda boshqarganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Ushbu nizom loyihasiga ko‘ra, transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash bo‘yicha tekshiruv O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tekshirilgan, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan sertifikatlangan transport vositasi haydovchisi tomonidan havoga chiqarilgan etanol bug‘larini aniqlovchi va tekshiruv natijalarini qog‘ozda aks ettiruvchi maxsus texnik vosita – alkotester yordamida amalga oshiriladi.

Transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruv bevosita DYHXX xodimlari ishtirokida tuman va shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.

Haydovchilarning alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda ekanligini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazishga quyidagilar asos bo‘ladi:

- haydovchining og‘iz bo‘shlig‘idan alkogolli ichimlikning hidi kelishi;
- haydovchi bir holatda to‘g‘ri tura olmasligi (chayqalib turishi);
- haydovchi nutqining buzilganligi;
- haydovchi qo‘l barmoqlarining qaltirashi;
- haydovchi yuz terisi rangining sezilarli o‘zgarganligi.

Haydovchilarning alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash DYHXX xodimi tomonidan texnik vosita yordamida qoidabuzarlik yuz bergan joyning o‘zida amalga oshiriladi.

Tekshiruv oldidan DYHXX xodimi transport vositasi haydovchisini texnik vositaning ishlash tartibi bilan tanishtiradi, zarur hollarda haydovchining talabiga asosan texnik vositaga tegishli hujjatlarni ko‘rsatadi.

Tekshiruv kamida ikki nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi, DYHXX xodimi tomonidan kuzatuv kamerasi (body camera)dan foydalangan holatda amalga oshiriladigan tekshiruvlar bundan mustasno.

Tekshiruv jarayonida DYHXX xodimi transport vositasi haydovchisi va boshqa fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, ularga nisbatan xatti-harakatlari tushunarli va qonun talablari asosida bo‘lishi, shuningdek sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishi lozim.

Tekshiruv o‘tkazishda DYHXX xodimi transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havo namunasini texnik vositani qo‘llash yo‘riqnomasiga asosan oladi.

Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
IIBB mast holda boshqarilgan avtombillar suratini namoyish qildi

Transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lari konsentratsiyasi ko‘rsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori bo‘lgan hollarda DYHXX xodimi haydovchiga nisbatan alkogolli ichimlik iste’mol qilganligi fakti yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.

Transport vositasi haydovchisi texnik vosita yordamida tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortgan yoxud unda texnik vosita orqali tekshiruv natijalariga e’tiroz mavjud bo‘lgan hollarda DYHXX xodimi transport vositasini boshqarayotgan shaxsning mast holatda ekanligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun tuman va shahar sog‘liqni saqlash bo‘limiga olib boradi.

Transport vositasi haydovchisi tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda DYHXX xodimi unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 136-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.

Texnik vosita yordamida o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga asosan, transport vositasi haydovchisi alkogolli ichimlik ta’siridan mast holatda ekanligi aniqlanmagan, biroq uning giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligi belgilari mavjud bo‘lgan taqdirda shaxs tibbiy tekshiruvga olib borilishi lozim.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar xodimlari bilan mojaro chiqarganlarning barchasi mast holda bo‘lgan – Toshkent ShIIB

Transport vositasi haydovchisining mast holatda ekanligi texnik vosita yordamida yoki tuman va shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalari asosida tasdiqlangan taqdirda DYHXX xodimi tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Ma’muriy bayonnomaga tekshiruv texnik vosita yordamida o‘tkazilgan taqdirda tekshiruv natijalari bo‘yicha ushbu vositadan chop etilgan ma’lumot, tuman va shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlari tomonidan tibbiy tekshiruv o‘tkazilganda esa tibbiy xulosa ilova qilinadi.

Qaror loyihasi 29-noyabrgacha muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0