TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Toshkent shahar IIBB mast holda boshqarilgan avtomobillar fotosuratlarini namoyish qildi.
Joriy yilning 11-17 avgust kunlari tungi vaqtlarda 2 926 nafar haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Shundan 50 kishi avtomobilni mast holda boshqargan. Ular orasida quyidagi fuqarolar bor:
- Yashnobod tum., 48 yoshli A.Ulug‘bek - “Malibu” (01 E 272 VV);
- Yunusobod tum., 30 yoshli K.Tatana - “Leksus” (01 V 431 YA);
- Shayxontohur tum., 27 yoshli S.Abdullox - “Lasetti” (01 S 848 WA);
- Chilonzor tum., 28 yoshli A.Oybek – “Malibu” (01 N 999 AAA);
- Sergeli tum., 43 yoshli S.Abduvali - “Kaptiva” (01 O 701 FA);
- Mirzo Ulug‘bek tum., 30 yoshli A.Alisher – “Mitsubishi” (01 K 990 DA).
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlarning barchasining transport vositalari vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan.
© GUVD g. TashkentaAvtomobil "Chevrolet Malibu"
Avtomobil "Chevrolet Malibu"
© GUVD g. TashkentaAvtomobil marki Shevrolet Captiva
Avtomobil marki Shevrolet Captiva
© GUVD g. TashkentaAvtomobil marki Lexus
Avtomobil marki Lexus
© GUVD g. TashkentaAvtomobil marki Chevrolet Malibu
Avtomobil marki Chevrolet Malibu
© GUVD g. Tashkenta Avtomobil marki Mitsubishi
Avtomobil marki Mitsubishi
Avtomobil "Chevrolet Malibu"
Avtomobil marki Shevrolet Captiva
Avtomobil marki Lexus
Avtomobil marki Chevrolet Malibu
Avtomobil marki Mitsubishi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik kodeksining 131-moddasiga muvofiq, transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’sirida mast holda boshqargan haydovchilarga 1,5 yildan 3-yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin.