Yaponiya O‘zbekistonning AES qurish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishStroyashayasya atomnaya elektrostansiya. Illyustrativnoe foto
Stroyashayasya atomnaya elektrostansiya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xususan, Yaponiya tomoni bu borada O‘zbekiston bilan tajriba almashishga tayyor ekanini bildirdi, birinchi navbatda, kadrlar tayyorlash sohasida. Yaponiyadagi o‘quv markazlarida o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish taklifi ilgari surildi.

TOShKENT, 11 noya - Sputnik. "O‘zatom" agentligi rahbari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) instituti tomonidan Yaponiyada "Fukusimada baxtsiz hodisalar xavfini boshqarish" mavzuyida uyushtirilgan seminarda ishtirok etdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri "O‘zatom" agentligi matbuot xizmatiga tayangan holda.

Start proyektu stroitelstva pervoy AES v Respublike Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Mirziyoyev O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start berdi

OTB instituti tomonidan Yaponiyada tashkil etilgan seminarda 12 davlat vakillari ishtirok etgan bo‘lib, uning davomida Osiyo davlatlari tomonidan tabiiy ofatlarni oldini olish va bartaraf etishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda OTBning ushbu yo‘nalishdagi dasturlari borasida ma’lumot berildi.

Ushbu seminar doirasida dastur ishtirokchilari Fukusima prefekturasiga tashrif buyurib, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish choralari bilan tanishdi, xususan, 2011-yil 11-mart kuni Yaponiya tarixida yuz bergan eng ofatli zilzila va undan so‘ng kelgan sunami Fukusima atom elektr stansiyasida keltirib chiqargan muammolar. Ishtirokchilarga bunday sinovdan o‘tgan hudud infratuzilmasini va iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan muvaffaqiyatli tadbirlar natijalari taqdim etildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar Fukusimaning tabiiy ofatlar xavfini boshqarish hududiy markaziga, Fukusima qayta tiklanadigan energiya istitutiga, Fukusima qishloq xo‘jaligi texnologiyalari markaziga, Soma-Futaba baliqchilar kooperativlari birlashmasiga, Fukusima robot texnikasi sinov markazi va boshqa obyektlarga tashrif buyurdi.

Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bolalariga AES haqida multfilm orqali so‘zlab beriladi

AESda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan halokat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha samarali choralar nafaqat hudud va uning aholisi hayotini tiklashga, balki to‘liq iqtisodiy faoliyatni davom ettirish imkonini berdi, qishloq xo‘jaligini mahsulotlarini ishlab chiqarish va baliq ovlash shular jumlasidan. 2015-yildan boshlab hududda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarida radiatsiya meyori ortiq emasligi aniqlangan. Shuni inobatga olish zarurki, Yaponiyada o‘rnatilgan meyorlar Yevropa Ittifoqida yoki dunyoning boshqa mamlakatlarida belgilangan meyorlarga qaraganda sezilarli darajada va ba’zi hollarda o‘n barobar qattiqroqdir.

Masalan, 2015-yildan boshlab Fukusimada yetishtirilayotgan guruchda radiatsiya meyori ortiq emasligi, ya’ni 100 bekkerel/kg ekanligi aniqlangan bo‘lsa, keyingi olti yil ichida natijalarning 99 foizdan ko‘prog‘i 25 bekkerel/kg dan ham pastroq ekanligini ko‘rsatgan.

Kerakli o‘lchovlar Fukusima qishloq xo‘jaligi texnologiyalari markazi tomonidan amalga oshiriladi. Unda hududda yetishtirilayotgan  qishloq xo‘jaligi va dengiz mahsulotlarining radiatsion tahlili va nazorati olib boriladi. Bunda tashqari, markaz mutaxassislari yangi o‘simlik turlarini va qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Beloyarskaya AES v Sverdlovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Lixachev: Rossiya O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurishni taklif etdi

Tashrif davomida “O‘zatom” agentligi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi bilan birgalikda Tokioda bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi va “Tokay” AESga tashrif buyurdi.

Aytilishicha, 2011-yil mart oyida ro‘y bergan 9 ballik zilzila vaqtida "Tokay-2" AES to‘liq quvvat bilan ishlab turgan. Tashqi quvvat manbalarining barchasi o‘chirilganidan so‘ng, favqulodda vaziyat tizimi muvaffaqiyatli ishga tushgan va AESning xavfsiz to‘xtashini ta’minlagan.

"O‘zatom" agentligi delegatsiyasi, shuningdek, Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligining Xalqaro atom energiyasi sohasida hamkorlik departamenti direktori Shinjiro Takeda va Yaponiyaning Atom energiyasi bo‘yicha agentligi prezidenti Toshio Kodama bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ilxom Sadikov zamestitel direktora Akademii nauk RUz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda AES qurishga nimalar sabab bo‘lgan

Uchrashuv davomida Yaponiya tomoni SSER texnologiyasi bo‘yicha atom elektr stansiyasini qurish borasidagi O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va hamkorlik qilish va tajriba almashishga tayyor ekanini bildirdi, birinchi navbatda, kadrlar tayyorlash sohasida. Xususan, Yaponiyadagi o‘quv markazlarida o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Shuningdek, Yaponiya tomoni shuni ta’kidladiki, Fukusima atom elektr stansiyasidagi voqealarga qaramasdan, atom energetikasi Yaponiya energetik muvozanatining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib qoladi va uning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. 

Tomonlar O‘zbekiston va Yaponiyaning strategik hamkorligini, shuningdek, Yaponiyaning atom energetikasi sohasidagi katta tajribasini inobatga olgan holda kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik va o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun treninglar o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Yangiliklar lentasi
0