TOShKENT, 28 okt - Sputnik. "O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati AES haqida so‘zlovchi "Quvvat" multiplikatsion serialining yangi qismlarini O‘zbekiston bolalariga taqdim etdi, deb xabar qildi kompaniya matbuot-xizmati.
Multfilm qahramonlari aka-singil Tohir va Zuhra elektr quvvatini ishlab chiqaradigan turli manbalarni solishtirib ko‘radilar. Zuhra ukasiga atom elektr stansiyasi yoki AES qanchalik ko‘p elektr quvvatini ishlab chiqarishi mumkinli va uning qiymati issiqlik elektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr quvvatiga nisbatan ancha pastligini hikoya qilib beradi.
"Quvvat" multfilmi, uning qahramonlari va do‘stlari – aqlli robot va shumtaka mushukcha Mimiqvoy – yosh tomoshabinlarga muhim narsalar haqida qiziqarli hikoya qilib beradilar, ularni diqqatli bo‘lishga o‘rgatadilar va uyda gaz, yorug‘lik, issiqlik qanday paydo bo‘lishi, tabiiy resurslar nima va ularni tejash haqida ko‘proq ma’lumot berdilar.
Multfilm orqali O‘zbekiston bolalari zamonaviy texnologiyalar haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Eslatib o‘tamiz, atom elektr stansiyasi O‘zbekistonda 2028 yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan. Atom elektr stansiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bu manba qayta ishlanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi.