YaIM va inflyatsiya: xalqaro valyuta fondi O‘zbekiston bo‘yicha prognozlarini e’lon qildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishMoneti Rossii
Moneti Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
XVJ ekspertlari Toshkentda Markaziy bank rahbari va moliya vazirligi ishtirokida "Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari" hisobotini taqdim etdilar

TOShKENT, 10 noya - Sputnik. Xalqaro valyuta fondi 2018-2019 yillarda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) o‘sishini 5 % darajasida prognoz qilmoqda. Mamlakat istiqbollari esa asosan iqtisodiy islohotlarga bog‘liq, dedi Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda jurnalistlarga XVJ Yaqin Shark va Markaziy Osiyo davlatlari departamenti direktori o‘rinbosari Yuxa Kaxkonen.

Grafik sostoyaniya finansovogo rinka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston YaIM hajmi bo‘yicha reytingda 85-o‘rinda joylashdi

Hisobotga ko‘ra, mintaqada 2018-2019 yillardagi o‘sish 4 %ni tashkil etadi. Bu o‘n yil davomida kuzatilgan o‘rta o‘sish darajasiga qaraganda 9 %ga kam.

"Agar O‘zbekiston xaqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, joriy va keyingi yildagi prognozimiz 5 % (YaIM o‘sishi bo‘yicha– tahr.)", - dedi Kaxkonen hisobot chog‘ida.

Shuningdek, XVJ vakili hozirda O‘zbekiston uchun asosiy chaqiriq – davlat korxonalari islohoti va narxlarning tegishli erkinlashtirilishi ekanini ma’lum qildi.

"O‘zbekiston Markaziy banki juda to‘g‘ri siyosat olib bormoqda deb hisoblaymiz. Monetar siyosatni ham qat’iy olib borish kerak, inflyatsiya o‘sish nazorati bo‘yicha faol choralar ko‘rilmoqda",- deb qo‘shimcha qildi Kaxkonen.

Xalqaro valyuta fondi ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya 19,2 %, 2019-yil esa 14,9 % darajasida kutilmoqda.

Produksiya fermerov Buxari - Sputnik O‘zbekiston
Mart oyida mevalar qimmatladi, sabzavotlar arzonladi – inflyatsiya 1,1%ni tashkil etdi

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Ilhom Norqulov esa hukumat 2018-yil yakunida YaIM 5,2-5,5 %, keyingi yilda 5,4 % atrofida o‘sish darajasini kutayotgani ma’lum qildi. Inflyatsiya darajasi 16-17 % va 13-15 % bo‘ladi.

“Monetar omillarni, inflyatsiya darajasini pasaytirib boramiz keyingi yildan”, - deb va’da berdi Norqulov.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston iste’molchilar bozorida inflyatsiya 2017-yil yakunida 14,4 % tashkil etgan. 2016-yilga nisbatan (5,7 %) uning 2,5 baravarga ko‘pligi milliy valyuta – so‘mning qadrsizlanishi va mamlakatda valyuta bozorinining erkinlashiga bog‘liq.

O‘zbekiston Hukumati ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yil yakunida davlat YaIM 5,5 %ga o‘sgan.

Joriy yilning sentabr oyida Osiyo rivojlanish banki (ORB) O‘zbekiston YaIM o‘sish darajasi prognozini 2018-yilda aprel oyidagi 5,5 %dan to 4,9 %gacha pasaytirgan. YaIM prognozini pasayishi milliy valyutaning o‘tgan yil qadrsizlanishiga bog‘liq ded qayd etishdi bank ekspertlari. Shu bilan birga ORB O‘zbekistonda 2018-yilda inflatsiya prognozini 16 % va 2019-yilda esa 14 % miqdorida qoldirgan. 2017-yil yakunida bu 14,4 % tashkil etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0