TOShKENT, 13-iyul - Sputnik. O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot bo‘yicha iqtisodiy reytingda 85-o‘rinda joylashdi, deyiladi Jahon banki hisobotida.
2017 yilda respublikada bu ko‘rsatkich 48,7 milliard dollarni tashkil etgan.
Qozog‘iston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda – respublika 159 milliard dollarlik YaIM ko‘rsatkichi bilan reytingning 55-pog‘onasidan o‘rin oldi.
Turkmaniston 42,3 milliard dollar YaIM bilan 88-, Qirg‘iziston 7,5 milliard dollar bilan 145-, Tojikiston 7,1 milliard dollar bilan 147-o‘rinni oldi.
Reytingga jami 200 mamlakat kiritilgan.
Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan 19,4 trillion dollar YaIM bilan AQSh, ikkinchi bo‘lib Xitoy, uchinchi – Yaponiya, keyingi o‘rinlarda Germaniya va Buyuk Britaniya joy oldi.