Abe Putin bilan Kuril orollari bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirmoqchi – OAV

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta RF V. Putina s premyer-ministrom Yaponii Sindzo Abe
Vstrecha prezidenta RF V. Putina s premyer-ministrom Yaponii Sindzo Abe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abe 2021-yilning sentabrida partiya rahbari va Yaponiya Bosh vaziri lavozimini tark etishi kerak bo‘ladi. U o‘z vakolatlari muddati tugagunga qadar tinchlik kelishuvi masalasini hal etish uchun muzokaralarni tezlashtirish istagida

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putinga territorial masalani hal etish bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishni taklif etmoqda. Bu haqda shanba kuni "Mayniti" nashri hukumatdagi manbasiga tayangan holda xabar qildi.

RF Prezidenti Vladimir Putin Rossiya - ASEAN sammiti yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot-anjumanida - Sputnik O‘zbekiston
Putin Kuril orollari haqida: sotadigan narsamiz yo‘q

Nashr xabariga ko‘ra, muzokaralar davomida 1956-yilda qabul qilingan sovet-yapon qo‘shma deklaratsiyasi asosida tinchlik kelishuvi tuzilishi istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Ushbu hujjatga ko‘ra, tinchlik shartnomasi tuzilgandan so‘ng Moskva tomoni Yaponiyaga Xabomai va Shikotan orollarini berishi ko‘zda tutilgan, Kunashir va Iturup orollari taqdiri haqida gap ochilmagan.

"Mayniti" nashrining yozishicha, Sindzo Abe rasmiy Tokio ushbu hujjatdagi Xabomai va Shikotan orollari tinchlik sulhidan keyin Yaponiyaga berilishini nazarda tutuvchi nizomni qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlash niyatida. Yapon hukumatining shu vaqtgacha rasmiy pozitsiyasi tamomila teskari ketma-ketlikda bo‘lib kelar edi - ular Kuril orollarining barchasi Yaponiyaga berilsa, shundan keyingina tinchlik haqida bitim imzolanishi mumkinligini ta’kidlab kelishayogan edi. Shu bilan birga deklaratsiyada tilga olinmagan Kunashir va Iturup orollarining mansubliligi masalasi ham muhokamadan o‘rin olishi mumkin.

Nashrning yozishicha,Abe Singapurda 14-15 noyabr kunlari o‘tkaziladigan ASEAN sammitida ishtirok etadi va u o‘sha yerda Putinga muzokaralarni tezlashtirishni taklif etishni rejalashtirmoqda.

Abe shu tariqa mamlakatlar 2019-yilning iyun oyida Yaponiyadada bo‘lib o‘tadigan "yigirmatalik" sammiti vaqtiga kelib hamkorlikning yo‘nalishlarini belgilab beradigan kelishuvga erishishga umid qilmoqda.

Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Dalnevostochniy federalniy okrug. Den tretiy - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiyalik ekspert Rossiya, Xitoy va Yaponiya harbiy ittifoqi yaratilishini prognoz qilmoqda

Eslatib o‘tamiz, Putin Sharqiy iqtisodiy forumda Abe bilan qilgan chiqishi davomida yapon tomon uchun kutilmagan holatda yil oxiriga qadar hech qanday shartlarsiz tinchlik sulhini tuzishni taklif etgan edi.

Sessiyadan keyin Abe bu taklifni qabul qilishga imkon qoldirmagan Yaponiya pozitsiyasini aytib o‘tgan edi.

Shu bilan birga, Yaponiya siyosiy doiralari hamda Abening o‘zi ham Rossiya prezidentining taklifini joydan jilmay aylanayotgan muzokaralarni o‘lik nuqtadan siljitishga urinishga bo‘lgan xohish, deya baho berishgan.

Abe 2021-yilning sentabrida partiya rahbari va Yaponiya Bosh vaziri lavozimini tark etishi kerak bo‘ladi. U o‘z vakolatlari muddati tugagunga qadar tinchlik kelishuvi masalasini hal etish uchun muzokaralarni tezlashtirish niyatida.

Yangiliklar lentasi
0