TOShKENT, 12 sen — Sputnik, Kseniya Naka. Yaponiya Rossiya va Xitoy bilan bir qatorda "Sharq-2019" hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etishni xohlamoqda, gap uch mamlakat harbiy ittifoqi tashkil topishi haqida bormoqda, deb hisoblaydi siyosatshunos, Rossiya bo‘yicha Yaponiyada eng taniqli bo‘lgan mutaxassislardan biri, Sukubo universiteti professori Itsuro Nakamura.
Nakamuro bu fikrni Vladivostokda bo‘lib o‘tgan Yaponiya va Rossiya yetakchilari uchrashuvi yakuni bo‘yicha RIA Novosti muxbiri bilan suhbatda aytgan.
Rossii prezidenti Vladimir Putin chorshanba kuni Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar olg‘a qadam qo‘yayotgani, "va bu munosabatlar birinchi marta harbiy muassasalarimiz hamkorligiga dahldor bo‘lgan"ini qo‘shimcha qilgan.
"Hozirda Rossiya va Xitoyning Sibir va Uzoq Sharqda harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Yaqin kelajakda Yaponiya ham unda ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu shu bugungi sammitning eng katta yangiligi", - deb aytgan olim.
Nakamuroning aytishicha, shu kunlarda Vladivostokda o‘tkazilayotgan Sharqiy iqtisodiy forum doirasida bo‘lib o‘tgan Rossiya va Yaponiya yetakchilari uchrashuvi kun tartibidan aynan shu masala o‘rin olgan.
"O‘tgan yilning iyunida Qozog‘istonda Xitoy va Rossiya mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik haqida kelishgan edilar, - deb eslatdi ekspert. - Forum bilan bir qatorda o‘tkazilayotgan bugungi hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlar ushbu kelishuv natijasidir".
Nakamura mashg‘ulotlarning forum bilan birgalikda o‘tkazilayotganini tasodif deb hisoblamaydi. Uning fikriga ko‘ra, bu shu narsadan dalolat beradiki, forum iqtisodiy bo‘lgani bilan tag zamirida muayan mudofaa maqsadi ham yotadi.