Haligacha eskicha ishlashni qo‘msayotgan ba’zi rahbarlar uchrab turibdi - Shermatov

© Mejdunarodniy press-klubSherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya
Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Faqat bugungi kun bilan yashamasdan, aynan kelajakda mamlakatimiz har tomonlama rivojlangan mamlakat bo‘lishiga o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qilaylik”, - deb yozgan Shermatov.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Facebookdagi sahifasida prezident raisligida maktab ta’limi sohasi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish haqida post yozgan.

Shavkat Mirziyoyev na zasedanii - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi tizimini keskin tanqid qilib, muhim topshiriqlarni berdi

Unda prezident tomonidan oxirgi 4 oyda xalq ta’limiga e’tiborni kuchaytirish hamda o‘qituvchi mavqeyini oshirish bo‘yicha qator yig‘ilishlar o‘tkazilishi va qarorlar qabul qilinishi natijasida 13 mingga yaqin erkak o‘qituvchilar maktablarga qayganligi yozilgan.

“Viloyatlardagi uchrashuvlarda o‘qituvchilar ularga e’tibor avvalgi yillardagidan ko‘ra ancha o‘zgargani, jumladan, hozirgi vaqtda mavsumiy qishloq xo‘jalik ishlariga jalb etilmasdan o‘z maktablarida dars berishayotgani sababli ular o‘z vaqtlarini ko‘proq farzandlarimiz tarbiyasiga qarata olayotganliklaridan juda mamnunliklarini bildirishmoqda”, - deya yozgan Sherzod Shermatov.

Uning postida yozilishicha, bu maktab ta’limi sohasidagi islohotlarning endi boshlanishi, islohotlar uzoq-uzoq tumanlarga yetib borishi uchun va eng asosiysi ta’lim sifatiga katta ta’sir qilishi uchun anchagina mashaqqatli mehnat va vaqt talab etiladi.

“Quvonarlisi, Prezidentimiz tashabbuslaridan keyin ko‘pchilik rahbarlar maktablarga yordam bera boshladilar. Lekin, shu bilan birgalikda haligacha eskicha ishlashni qo‘msayotgan ba’zi rahbarlar uchrab turibdi. Hozirgi vaqtda o‘z yechimini topishi kerak bo‘lgan masala va muammolar ko‘p bo‘lishiga qaramay, Davlat Rahbari tomonidan qisqa muddatda yana bir bor xalq ta’limi masalalari bo‘yicha barcha mas’ullar bilan ochiqchasiga va bafurja muhokama qilishga shuncha vaqt ajratilishi ham bu masalaning mamlakatimiz kelajagi uchun juda muhimligidan dalolat va xalq ta’limi sohasiga panja ortidan qarayotgan ba’zi joylardagi shunday rahbarlarga o‘ziga xos signal hamdir”, - deb yozgan Sherzod Shermatov.

Shkolniy avtobus - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi barcha maktablar maktab avtobuslari bilan ta’minlanadi

Postda aytilishicha, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda faqat ta’limgina mamlakat kelajagi rivojini ta’minlay oladi. Aks holda, sun’iy intellekt, avtomatlashtirish kabi yo‘nalishlar o‘sib borayotgan to‘rtinchi industrial revolyutsiya davrida xalq ta’limi rivojlangan mamlakatlar bilan ta’limga e’tibor sust bo‘lgan mamlakatlar orasidagi tafovut juda keskinlashib boraveradi.

“Shunday ekan, faqat bugungi kun bilan yashamasdan, aynan kelajakda mamlakatimiz har tomonlama rivojlangan mamlakat bo‘lishiga o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qilaylik. Imkon boricha maktablarimizdagi sharoitlarni yaxshilashga va asosiysi, eng iste’dodli insonlarni aynan o‘qituvchilik kasbini tanlashga undaydigan muhit yaratishga barcha kuchimizni safarbar qilish vaqti keldi”, - degan Xalq ta’limi vaziri.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Prezident maktab ta’limi tizimini keskin tanqid qilib, muhim topshiriqlarni berdi.

Yangiliklar lentasi
0