AIBA xavaskor bokschilar uyushmasi prezidenti etib o‘zbekistonlik Rahimov saylandi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishGafur Raximov izbran prezidentom Mejdunarodnoy assotsiatsii lyubitelskogo boksa
Gafur Raximov izbran prezidentom Mejdunarodnoy assotsiatsii lyubitelskogo boksa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Tokioda bo‘lib o‘tadigan ijroiya qo‘mitasi kengashida uyushma rahbari saylovi natijalarini muhokama qilmoqchi

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. 3-noyabr kuni AIBA Xalqaro xavaskor bokschilar uyushmasi prezidenti etib O‘zbekiston vakili - G‘ofur Rahimov saylandi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Rabota s bumagami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik biznesmen G‘ofur Rahimov qidiruvidagi shaxslar ro‘yxatidan o‘chirildi

AIBA hisobot-saylov kongressi 2-3 noyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tdi.

"Aminmanki, boksning kelajagi yorug‘. Menga bizning buyuk sportimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga imkon berganlari uchun faxr tuyg‘usini his qilmoqdaman. Biz boksni rivojlantirish bo‘yicha rejani ishlab chiqdik. Aminmanki, biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga yetamiz. Boksning kelajagi buyuk va ishonchim komilki, bizning bu sportimiz uchun buyuk kelajakni yarata olamiz", - deb aytgan Rahimov kongress vaqtida.

Rahimov 2018-yilning yanvar oyidan tashkilot prezidenti vazifasini bajaruvchi lavozimini egallab kelayotgan edi.

AIBA rahbarligiga saylovlarda tashkilot vitse-prezidenti Serik Konakbayev Rahimovga qarshi bo‘lgan. Shu bilan birga, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ham Rahimov AQSh Moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish departamenti tomonidan sanksiya ro‘yxatiga kiritilgani uchun unga qarshi chiqmoqda.

Sbornaya Uzbekistana po boksu - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgdagi boks musobaqasiga O‘zbekiston eng kuchli tarkib bilan yo‘l oldi

XOQ AIBA atrofida yuz berayotgan holatlardan qattiq tashvishda. Tashkilot rahbari lavozimiga Rahimovning saylanishi, boksning olimpiya maqomini saqlab qolishi masalasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi.

"Ilgariroq, XOQ AIBAning ba’zi muammolari to‘g‘risidag masalalarni ko‘targan, shu jumladan boksning olimpiya dasturida bo‘lishi masalasini ham. Biz tanqidni eshitdik va bu masalalarda katta yutuqlarga erishdik. Nizomga kiritilgan yangi tuzatishlar orqali, biz XOQ tomonidan ko‘tarilgan masalalarga yechim topamiz. Bu tuzatishlar, shunday tizimni o‘rnatadi-ki, unga ko‘ra yangi saylangan prezident, agar shunga zarurat tug‘ilsa, ma’lum muddatga o‘z egallab turgan lavozimini tark etishi mumkin", - deb aytgan Rahimov saylovlarga qadar.

Saylovlar boshlanishi oldidan Rahimov bevosita delegatlarni boks Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari-2020 dasturidan o‘chirilmasligini, barcha zarur masalalar bunday holat ro‘y bermasligi uchun o‘z yechimini topishini aytib ishontirgan. Natijada AIBAning yangi rahbari etib to‘rt yil muddatga Rahimov saylangan - u uchun 134 delegatdan 86 nafari ovoz bergan. Yana uchta bulleten haqiqiy emas deb topilgan.

AIBA rahbarligiga bo‘lib o‘tgan saylovlardan so‘ng Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Moskvadagi kongressda qabul qilingan qarorlarni e’tiborga olgan holda, bu masalalarni noyabr oyi oxirida - dekabr boshlarida Tokioda o‘tkaziladigan ijroiya qo‘mitasi majlisida ko‘rib chiqishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

"Biz AIBA kongressining Moskvada qabul qilgan qarorini e’tiborga olamiz. XOQ oldinroq shuni aniq ma’lum qilgandiki, moliyalashtirish, antidoping dasturi, sudyalik va AIBA boshqaruvi bilan bog‘liq masalalar, shu jumladan prezident saylovlari ham, va bu masalar bilan chegaralanmagan holda, qo‘mitani juda kattiq tashvishlantirmoqda. Biz bu masalalarning barchasini Tokioda 30-noyabr - 2-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ijroiya qo‘mitasi majlisida ko‘rib chiqamiz", - deya iqtibos keltirgan Insidethegames XOQ vakili Mark Adams so‘zlaridan.

U shuningdek, XOQning kelgusi hatti-harakatlari nafaqat AIBA tomonidan qabul qilinadigan qarorlar va bayonotlarga, balki bu qarorlarning bajarilishiga ham asoslanishini qayd etib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0