Sankt-Peterburgdagi boks musobaqasiga O‘zbekiston eng kuchli tarkib bilan yo‘l oldi

© Sayt NOK UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po boksu
Sbornaya Uzbekistana po boksu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Marat Qurbonov boshchiligidagi terma jamoa murabbiylar shtabi ushbu turnir orqali Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilar jismoniy va funksional holatini yana bir bor sinovdan o‘tkazishadi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. 26-31 may kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha "Sankt-Peterburg gubernatori kubogi" bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi eng kuchli tarkib bilan ishtirok etadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Uzbekskiy bokser Sanjar Tursunov na chempionate mira po boksu - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya boks terma jamoasi O‘zbekiston bokschilari bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqchi

Mazkur musobaqada Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerikaning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan bokschilar qatnashadi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Hasanboy Do‘smatov, Jasurbek Latipov, Mirzobek Mirzahalilov, Shahobiddin Zoirov, Shunqor Abdurasulov, Aliyor Noraliyev, Iqboljon Xoldorov, Mahmud G‘oipov, Fazliddin Meliboyev, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Sanjar Tursunov, Bahodir Jalolovlar ishtirok etishadi.

Bokschilar musobaqada murabbiylar Marat Qurbonov, To‘lqin Qilichev, Rahmatjon Ro‘zioxunov va Bahodir Erkayev qo‘l ostida ringga chiqadilar.

Shuningdek, Alisher Polvonov turnirda hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Marat Qurbonov boshchiligidagi terma jamoa murabbiylar shtabi ushbu turnir orqali Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilar jismoniy va funksional holatini yana bir bor sinovdan o‘tkazishadi.

Yangiliklar lentasi
0