O‘zbekistonlik biznesmen G‘ofur Rahimov qidiruvidagi shaxslar ro‘yxatidan o‘chirildi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichRabota s bumagami
Rabota s bumagami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘ofur Rahimov tovlamachilik, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib qidirilgandi.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ishbilarmon, Xalqaro boks federatsiyasi — AIBA prezidenti vazifasini bajarayotgan G‘ofur Rahimovni qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatidan olib tashladi, deb xabar qildi RIA Novosti mamlakat huquq tartibot organlaridagi manbaasiga asosan.

Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik O‘zbekiston
Ishbilarmon G‘ofur Rahimov qidiruvga berildi

Shu yil iyun oylarida mahalliy OAVlar IIVning rasmiy saytida "qidiruvdagi shaxslar" bo‘limida Rahimov to‘g‘risida ma’lumot va uning surati joylashtirilganligi haqida xabar berilgandi. IIV rasmiy vakillari bu xabarlarga izoh berishmadi.

Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytining yangilangan ma’lumotida 1951-yilning 22-iyulida tavallud topgan G‘ofur-Arslonbek Ahmedovich Rahimov va uning turmush o‘rtog‘i, 1967-yil 24-iyunda tug‘ilgan Lola Rahimova qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatidan topilmadi.

 “Rahimov xalqaro qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatidan chiqarib tashlandi. Qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi munosib hulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxatga almashtirildi”, - deb ta’kidladi suhbatdosh.

G‘ofur Rahimov tovlamachilik, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib qidirilgandi.

“Ayblanuvchi tergov bilan hamkorlik qilayotganligini hisobga olib, u tomonidan ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilinmayotganligi, aybiga iqror bo‘lganligi, yetkazilgan zararni qoplanayotganligi tufayli ehtiyot chorasi boshqasiga almashtirildi”, - deb qo‘shimcha qildi suhbatdosh.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonlik biznesmen va Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasining vaqtinchalik prezidenti G‘ofur Rahimov AQSh sanksiyalar ro‘yxatidan nomi olib tashlash bo‘yicha bayonoti e’lon qilingandi.

Unda bildirilishicha, G‘ofur Rahimov Vashington va Londondagi advokatlariga AQSh G‘aznasining xorijiy aktivlarni boshqarish bo‘yicha idorasiga (OFAC) "Maxsus belgilangan fuqarolar ro‘yxati"dan o‘z nomini oldirib tashlash uchun murojaatnoma yuborish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.

Rahimov bayonotida uyushgan jinoiy guruhlar bilan hech qachon aloqada bo‘lmaganini bildirdi.

G‘ofur Rahimov yanvar oyida AIBA vaqtinchalik prezidenti etib tayinlangan. Tashkilot prezidenti Ching-Kuo Vu o‘tgan yilning noyabrida iste’foga chiqqandi.

Rahimov 1998-yildan buyon AIBA ijroqo‘mi a’zosi hisoblanadi. 2002-yilda ushbu tashkilot vitse-prezidenti, 2006-yildan ijrochi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2010-yilda u Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti etib saylangan.

Yangiliklar lentasi
0