Chilonzorda bir oilaning 4 farzandi vafot etdi

© Sputnik / StringerMashina skoroy pomoshi v Tashkente
Mashina skoroy pomoshi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarda aytilishiga ko‘ra ular o‘tgan oqshom kabob iste’mol qilishgan.

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. Toshkentning Chilonzor tumanida o‘tgan oqshom bir oilaning to‘rt farzandi kutilmaganda vafot etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, oila azolari o‘tgan kech poytaxt oshxonalaridan birida kabob iste’mol qilishgan. Shundan so‘ng bolalarning onasi o‘zini yomon his qilgan. Uning ovqatdan zaharlangani aniqlangan. Ertalab esa oilaning 6 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan to‘rt farzandi vafot etgani ma’lum bo‘lgan. 

Uch nafar qiz va bir o‘g‘il bolaning vafot etish sabablari hozircha aniq emas. Yaqin vaqt ichida Toshkent shahar IIBB vakillari  ushbu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, oxirgi vaqtlarda O‘zbekistonda oshxonalarda ovqatdan zaharlanish holatlari tez-tez sodir bo‘lmoqda. Bir necha kun oldin Namanganda 30 kishi kabobdan zaharlangan edi. Undan oldin esa Qarshida to‘yxonada 75 kishi uy sharoitida tayyordangan salatdan zaharlangan edi. 

 

Yangiliklar lentasi
0