Farg‘ona viloyatida er-xotin gazdan zaharlanib vafot etdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSkoraya pomosh
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pechdan sizib chiqqan is gazidan zaharlangan erkak voqea joyida, ayol kasalxonaga keltirilganida vafot etgan

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida 56 yashar erkak va uning 54 yoshli xotini gazdan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda IIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Skoraya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
TIV Razan viloyatida is gazidan zaharlangan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi

Xabarda aytilishicha, 16-yanvar soat 07.00 larda Mashrabjon Toshqo‘ziyev va uning turmush o‘rtog‘i Aziza Toshqo‘ziyevalar uyida propan gaz balonini isitish pechiga ulashda texnika xavfsizlik qoidalariga, rioya qilmasliklari oqibatida pechdan sizib chiqqan is gazidan zaxarlanib erkak voqea joyida, ayol kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida Ujakent mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro uyida gaz pechini yoqish maqsadida gugurt chaqqan vaqtida xonaga to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada uy egasi va uyida mehmonda bo‘lgan qo‘shnisi xam kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar.

Yangiliklar lentasi
0