O‘zbekistonga texnika olib kirish bo‘yicha cheklovlarni qozog‘istonlik ekspert izohladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamestitel direktora Kazaxstanskogo instituta strategicheskix issledovaniy pri prezidente Respubliki Kazaxstan Sanat Kushkumbayev
Zamestitel direktora Kazaxstanskogo instituta strategicheskix issledovaniy pri prezidente Respubliki Kazaxstan Sanat Kushkumbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonlik ekspert O‘zbekiston tomonning tovar olib kirishga qo‘ygan cheklovlariga fikr bildirdi.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Qozog‘iston Respublikasi prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari San’at Kushkumbayev Sputnik muxbiriga O‘zbekiston hukumati respublikaga Qozog‘istondan tovarlarni bojsiz olib kirish bo‘yicha cheklovlarini joriy etilishiga izoh berdi.   

Xudoberdi Xoliknazar direktor sentra strategicheskix issledovaniy pri prezidente Respubliki Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
Eng dolzarb masala mintaqada diniy ekstremizm tahdidlariga qarshi kurashish - Xoliqnazar

“Bu O‘zbekistonning ichki strategiyasi. Ushbu cheklov O‘zbekiston uchun iqtisodiy muvozanatni saqlab qolish nuqtayi nazaridan muhimdir, shuning uchun mahalliy firmalar, sotuvchilar va ishlab chiqaruvchilar bankrot bo‘lmasligi uchun muhim jihatlardan biridir”, - dedi Kushkumbayev.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, bu holat ikki davlat mahalliy islohotlari hali bir-biriga moslashmaganidan dalolat beradi.

“Odamlar Toshkentda yoki o‘z hududida mahsulotlarni qulay narxlarda sotib olishlari uchun iqtisodiy islohotlarimizni bir-biriga moslashtirish kerak”, - dedi u.

Kushkumbayev so‘zlariga ko‘ra, tovarlarni olib kirish bo‘yicha cheklovlarni joriy etilishi Qozog‘iston butun biznesiga kuchli zarba bo‘lmaydi. Eksportni yo‘lga qo‘yish muhim.

“Ehtimol, biron bir tadbirkor kam daromad oladi. Biroq buni men taktik yo‘qotish deb o‘ylayman. Strategik jihatdan aytadigan bo‘lsak, mamlakatlarimiz manfaatlarini oladigan bo‘lsak, albatta biz bozorlarimizni yanada kengayishiga manfaatdormiz. Qozog‘iston mahsulotlari O‘zbekistonda taqdim etishi yoki Qozog‘iston firmalari O‘zbekistonda o‘z savdo markazlarini ochishlari mumkin, shuningdek buni hamkorlikda amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Eksportni yo‘lga qo‘yilganda odamlar 100-150 km Shimkentga borish kerak bo‘lmaydi”, - deb yakun yasadi ekspert.

Eslatib o‘tamiz,  O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyo‘l, temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdor normalariga o‘zgartirishlar kiritilgandi.

Natalya German  - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo MO davlatlarini yagona hamjamiyat sifatida qabul qilishni boshladi – BMT maxsus vakili

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Davlat chegarasining avtoyo‘l (yo‘lovchi), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning davriyligi o‘zgardi.

Ro‘yxatdan o‘rin olgan 20 turdagi maishiy texnika buyumlari, ofis texnikalari va boshqa jihozlarni endilikda har 6 oyda chegarani birinchi marotaba kesib o‘tayotganda faqat 1 donadan olib kirish mumkin.

Boshqa turdagi tovarlarni esa 1 kalendar oyda 1 marotaba har bir nomdagi tovardan 2 kg.gacha (bo‘linmaydigan tovarlar bundan mustasno) olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo, mazkur tovarlarning umumiy og‘irligi 10 kg.dan oshmasligi kerak.

Yangiliklar lentasi
0