Eng dolzarb masala mintaqada diniy ekstremizm tahdidlariga qarshi kurashish - Xoliqnazar

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaXudoberdi Xoliknazar direktor sentra strategicheskix issledovaniy pri prezidente Respubliki Tadjikistan
Xudoberdi Xoliknazar direktor sentra strategicheskix issledovaniy pri prezidente Respubliki Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Strategik tadqiqot markazlari - ikki tomonlama munosabatlar, xususan transport, suv energetika, chegara masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlab, ekspertlar yig‘ilishida muhokama qilinadi.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Tojikiston prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar markazi direktori Xudoberdi Xoliqnazar Markaziy Osiyo ekspertlar forumi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Vladimir Norov  - Sputnik O‘zbekiston
“Bitta kamar bitta yo‘l” loyihasi O‘zbekistonni dengiz portlariga olib chiqadi - Norov

Tojikistonlik ekspertining so‘zlariga ko‘ra, davlatlarning strategik tadqiqot markazlari - ikki tomonlama munosabatlar, xususan transport, suv energetika, chegara muammolari bo‘yicha takliflar tayyorlab, ekspertlar yig‘ilishida muhokama qilinadi.

Ekspertlar darajasida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlanib, hukumatga taqdim etiladi. Hukumat bu takliflar asosida masalalarni tartibga solish bo‘yicha istiqbolli choralarni belgilaydi.

Ekspertlar forumi kun tartibidagi eng dolzarb masala - mintaqada xavfsizlikni ta’minlash, diniy ekstremizm tahdidlariga qarshi kurashishdir. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha har bir davlatning o‘z tajribasiga ega. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, yoshlarni diniy ekstremistlar ta’siriga tushishini oldini olish zarur.  

Xudoberdi Xoliqnazar diniy mafkuraning mazmun mohiyati, ekstremizm g‘oyalariga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan kitob tayyorlaganini ma’lum qildi. Bu kitobda ekstremizmning asosiy tahdidlari sanab o‘tilgan.

Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston
Norov: dunyo hamjamiyati O‘zbekistonni tan olmoqda

“Diniy ekstremistlar barcha davlatlarining suvereniteti va mustaqilligiga qarshi chiqishadi. Ularni yagona xalifatga birlashtirish va milliy madaniyatini yo‘q qilishga harakat qilishadi”, - dedi Xudoyberdi Xoliqnazar.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29-oktabr kuni Toshkentda birinchi Markaziy Osiyo ekspertlar forumi o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha BMTning Mintaqaviy markazi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda mintaqada davlatlararo munosabatlarining istiqbollari va holati muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0