Dunyo MO davlatlarini yagona hamjamiyat sifatida qabul qilishni boshladi – BMT maxsus vakili

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova Dilshoda RaxmatovaNatalya German
Natalya German  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo ekspertlari forumida eng dolzarb muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinadi.

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Natalya German, so‘zlariga ko‘ra, oxirgi yillarda Markaziy Osiyoda hududiy hamkorlik yangi darajaga ko‘tarilgan, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

“Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy irodasi,  faol pozitsiyasi va kostruktiv hamjihatligi tufayli - dunyo ularni yagona jamiyat sifatida qabul qilishni boshladi”, - dedi BMTning MO bo‘yicha maxsus vakili Natalya German.

Davlat rahbarlari, bosh vazirlar va vazirlar tashriflari tez-tez va samarali bo‘lganini kuzatish juda quvonarlidir. Ushbu uchrashuvlar tufayli chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, o‘zaro savdo-sotiq hajmini oshirish, savdo, va strategik hamkorlik rivojlanmoqda. Ushbu tashriflarning barchasi jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarni yaxshilashga qaratilgan, - deb so‘zini davom ettirdi German.

Xudoberdi Xoliknazar direktor sentra strategicheskix issledovaniy pri prezidente Respubliki Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
Eng dolzarb masala mintaqada diniy ekstremizm tahdidlariga qarshi kurashish - Xoliqnazar

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning mart oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarinng ilk uchrashuvida ular ushbu kabi uchrashuvlarni doimiy ravishda o‘tkazishga kelishib olishgan edi.

Bugun Toshkentda boshlangan Markaziy Osiyo ekspertlari forumida eng dolzarb muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinadi.

Natalya German aytishiga qaraganda, 2019-yilning mart oyida Toshkentda Markaziy Osiyo davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammitdan oldin Toshkentda bo‘lib o‘tadigan anjumandan butun dunyodan yetakchi va nufuzli ekspertlar jamlanishadi. BMT ushbu tadbirning hamkori sifatida ishtirok etadi.

“Berilgan mandat doirasida  BMT Markaziy Osiyo hududida siyosiy, xavfsizlik, suv xo‘jaligi, energetika sohasiga doir muammolarni hal qilishda yordam ko‘rsatadi. Shuningdek biz hududdagi davlatlarga Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha maslahat beramiz”, - dedi Natalya German.

Yangiliklar lentasi
0