O‘zbekistonda haydovchilar jarima ball tizimi asosida baholanishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishDvijenie transporta v gorode Tashkente
Dvijenie transporta v gorode Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni jarima ball asosida baholash tizimi joriy qilinadi.

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. “Yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni jarima ball asosida baholash tizimini joriy qilish to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD  - Sputnik O‘zbekiston
Tezlikni oshirgan haydovchilarga jarima miqdori oshirildi

Ushbu qaror loyihasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlandi.

Qaror loyihasida yozilishicha, 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqarolarning yo‘l harakati qoidalariga amal qilishini har yilda o‘n ikki ball asosida baholab boriladi.

Milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqarolar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik holati yil boshidan shu yilning yakuniga qadar  berilgan 12 balldan ayirib tashlash orqali hisoblanadi.

Haydovchi tomonidan yil mobaynida (1 yanvardan 31-dekabrga qadar) berilgan 12 bal 0 va undan past bo‘lganda, haydovchi qo‘shimcha imtihondan o‘tkaziladi.

Haydovchi qo‘shimcha imtihondan o‘tgan taqdirda, yil yakuniga unga bir marotaba qo‘shimcha 3 ball beriladi.

Razgovor po mobilnomu telefonu vo vremya upravleniya avtomobilem - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobilni boshqarish vaqtida telefondan foydalangan haydovchilarga jarima miqdori oshirildi

Yil yakuniga qadar berilgan ball sarflagan, shuningdek qo‘shimcha imtihonni topshira olmagan, haydovchilar sud tomonidan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.

Milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqarolarga beriladigan 12 ball faqat bir yil mobaynida, ya’ni yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar bo‘lgan davriga qadar amal qiladi hamda saqlanib qolgan ballning keyingi yilga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qaror loyihasida Moliya vazirligi bilan birgalikda jarima ballari sarf qilib bo‘lgan haydovchilardan yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha imtihon topshirishda to‘lanadigan to‘lovlar Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga o‘tkazish belgilangan.

Qaror loyihasiga Yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni jarima ball asosida baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.

Qaror loyihasi 9-noyabrgacha muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0