Avtomobilni boshqarish vaqtida telefondan foydalangan haydovchilarga jarima miqdori oshirildi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishRazgovor po mobilnomu telefonu vo vremya upravleniya avtomobilem
Razgovor po mobilnomu telefonu vo vremya upravleniya avtomobilem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

TOShKENT, 23 okt - Sputnik. 2018-yil 22-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritildi.

Unga muvofiq, endilikda transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (ilgari ikki baravar).

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, eng kam ish haqining to‘rt baravari (ilgari uch baravar) miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0