Tezlikni oshirgan haydovchilarga jarima miqdori oshirildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishKompleks avtofiksatsii narusheniy PDD
Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yil birinchi yarim yilligida belgilangan tezlikni oshirganlar soni 248 mingdan ortiq ketdi.

TOShKENT, 23 okt - Sputnik. 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritildi

Piteynie zavedeniya Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Transportni mast holda boshqarganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

O‘zgartirishga asosan, belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq oshirib yuborgan haydovchilar (masalan tezlik 70 km etib belgilangan joyni 120 km tezlikda o‘tganlar) endilikda eng kam ish haqining to‘qqiz baravari (ilgari yetti baravar) miqdorida jarimaga tortiladi.

Quyidagi holatlar esa haydovchiga nisbatan eng kam ish haqining o‘n besh baravari (ilgari 10 baravar edi) miqdorida jarima solishga yoki uni transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi. Agar:

xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida haydovchi harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda takror oshirib yuborsa;

xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda takror oshirib yuborsa.

Razgovor po mobilnomu telefonu vo vremya upravleniya avtomobilem - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobilni boshqarish vaqtida telefondan foydalangan haydovchilarga jarima miqdori oshirildi

Shuningdek, endilikda quyidagi huquqbuzarliklar uchun haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum qilinish bilan bir qatorda, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarimaga ham tortiladi:

xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda takror oshirsa;

xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirsa;

xuddi shunday huquqbuzarlik uchun uch marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirsa.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2016-yilda haydovchilarning belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi bilan bog‘liq 421 272 huquqbuzarlik aniqlangan. Ushbu ko‘rchatkich 2017-yilda 506 948 (20,3%ga oshgan) tani tashkil etgan. 2018-yil birinchi yarim yilligida esa belgilangan tezlikni oshirganlar soni 248 560 tani tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0