TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan hududlararo hamkorlik forumida O‘zbekiston Milliy banki Rossiyaning Sberbanki va Vneshekonombanki bilan uzoq muddatli past foizli kredit shartnomalari imzoladi, deb xabar qilmoqda bank matbuot xizmati.
Xususan, Sberbank bilan imzolangan 350 mln dollarlik shartnomaga asosan O‘zbekiston hududida yirik va o‘rta hajmdagi loyihalarni moliyalashtirish imkoni yaratilgan.
Unga ko‘ra O‘zbekistonlik tadbirkorlar nafaqat Rossiyada ishlab chiqarilgan uskunalarni, balkim Sberbank filiallari bo‘lgan boshqa davlatlarda (Belarus, Qozog‘iston, Turkiya, Shveysariya, Chexiya, Vengriya, Serbiya, Xorvatiya, Sloveniya, Bosniya va Gersegovina) ishlab chiqarilgan uskunalarni ham kredit evaziga sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Ikkinchidan, Rossiyaning Vneshekonombanki qiymati 200 mln dollarlik kredit shartnomasi imzolashdi.
Ushbu shartnomalar, ikki davlat orasida savdo-iqtisodiy munosabatlarini yanada rivojlantirish imkonini beradi. Uzoq muddatli arzon kreditlar paydo bo‘lishi O‘zbekiston uchun yangi investitsion imkoniyatlar yaratadi.
Undan tashqari Rossiyaning Vneshekonombankiga O‘zbekiston moliya bozoriga kirish va Toshkent shahrida jamoat transportini hamda yo‘l infrastrukturasini modernizatsiya qilish jarayonida ishtirok etish taklif qilindi.