TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. Aksiyadorlik tijorat Xalq banki va Sberbank o‘rtasida o‘zaro ahdlashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Xalq banki axborot xizmati xabar qildi.
Ushbu memorandumga asosan, ikki mamlakat o‘rtasida xalqaro qarz bozorida hamkorlik qilish va boshqa investitsion bank operatsiyalarini hamda xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, savdoni moliyalashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirishda, iqtisodiy, moliyaviy sharoit va undagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda tajriba va ma’lumotlar almashishda hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi.
“Umuman olganda Xalq banki va Sberbank o‘rtasida tuzilgan ushbu ahdlashuv memorandumi ikki tomon manfaatlariga xizmat qiladi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2018-yil may oyida Xalq banki hamda Qozog‘istonning eng yirik banklaridan biri Xalk Bank (Xalq banki) o‘rtasida ahdlashuv memorandumi imzolangan edi.