TOShKENT, 20 okt - Sputnik. 16-oktabrdan boshlab O‘zbekistonda gaz, svet va benzin narxi oshadi, deb xabar qilingan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg‘i-energetika resurslariga narxlar va tariflarning o‘zgarishi to‘g‘risida"gi qarori loyihasida.
Hujjat O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.
Unga ko‘ra, 2018-2019 yillarda tariflar va narxlar o‘zgarishi jadvali belgilanmoqda.
Shunday qilib, tabiiy gazning tarifi (QQS hisobga olingan holda, 1 kub metriga): hisoblash asboblari bo‘lganida aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:
• 2018-yilning 16-noyabridan boshlab — 320 so‘m;
• 2019-yilning 1-iyunidan boshlab — 350 so‘m;
hisoblash asboblari bo‘lmagan holda aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:
- ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun:
• 2018-yilning 16-noyabridan boshlab — 553 so‘m;
• 2019-yilning 1-iyunidan boshlab — 605 so‘m;
Elektr energiyasining narxi (QQS hisobga olingan holda, 1 kVt soati uchun):
• 2018-yil 16-noyabrdan — 331 so‘m (hozirda 228 so‘m);
• 2019-yil 1-iyundan — 370 so‘m;
Avtobenzin va dizel yoqilg‘isi:
• Ai80 markali avtobenzin — 4000 so‘m/litr;
• Ai91 markali avtobenzin — 4500 so‘m/litr;
• dizel yoqilg‘isi — 4800 so‘m/litr;
• EKO markali dizel yoqilg‘isi — 4900 so‘m/litr;
2019 yilning 1-yanvaridan boshlab eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida aholi tomonidan elektr energiyasi iste’molining bazaviy normasi oyiga bir abonent uchun 300 kVt.soat qilib belgilash taklif qilinmoqda.
Bu holda bazaviy norma doirasida iste’mol qilingan elektr energiyasi o‘rnatilgan tarif bo‘yicha, normadan ortig‘i 1,2 karra qimmatroq narxda hisob-kitob qilinadi.